So’nggi yangiliklar

14:15Ўзбекистон клублари нега доим футболчилардан қарз бўлаверади? Камолиддин Мурзоев билан интервью  1 14:07Ўзбекистонлик ҳакам футзал бўйича Осиё Кубоги 2-турига тайинланди  0 13:51"Бавария" ҳимоячиси ёзда жамоани тарк этишни истамаяпти  0 13:25"Барселона" ярим ҳимоячиси билан шартномани узайтирмоқчи  0 12:57"Реал" вингери "Барселона"га қарши ўйинни ўтказиб юбориши мумкин  3 12:30МЮ ҳужумчисига харидорлар маълум қилинди  1 12:05Неймар ижтимоий тармоқларда Мбаппени ҳақорат қилди  9 11:43Ўзбекистон футзал терма жамоасининг Ироққа қарши учрашувини баҳрайнлик рефери бошқаради  4 11:22"Пахтакор-79" ПФЛ талабини бажармагани учун Биринчи лигадан четлаштирилиши мумкин  1 10:47Шерзод Эсанов: «Биз Андижон халқи ва »Андижон« мухлислари учун бор кучимизни майдонда берамиз»  7 10:20«Манчестер Сити»нинг ёзги асосий трансфер мақсади маълум  14 09:52Англия клублари 9 йил аввалги нохуш натижани такрорлашди  6 09:26Иброҳимҳалил Йўлдошев: «Осиё кубогига келишим жуда қийин бўлди»  5 09:01Клопп жамоасини Европа лигасидан чиқиб кетгани ҳақида фикр билдирди  3 08:36Ўзбекистон кубоги. Бугун 2-турга старт берилади  0

Tunda futbol! "Olimpiyashtadion"da "nemischa kino" Yangiliklar

Tunda futbol! "Olimpiyashtadion"da "nemischa kino"

Germaniya chempionatining 19-turiga bugun start beriladi.

Hertha Berlin

Davie Selke - 46'

1. Bundesliga . 19-tur

19/01/2018, 23:30

1
:
1
Tugadi

Borussia Dortmund

Shinji Kagawa - 71'

Stadion: Olympiastadion, 65893 tomoshabin

Bosh hakam: Christian Dingert

45'
90'
46'  Davie Selke
46'  Valentino Lazaro
72'  Valentino Lazaro
73'  Mitchell Weiser
77'  Ondrej Duda (Matthew Leckie)
84'  Salomon Kalou (Vladimir Darida)
90'  Vladimir Darida
29'  Christian Pulisic
67'  Mario Goetze (Alexander Isak)
71'  Shinji Kagawa
71'  Jadon Sancho
85'  Christian Pulisic (Andriy Yarmolenko)

Berlinda "Gerta" jamoasi o'z uyida "Borussiya" Dortmundni mehmon qiladi. Bu ikkala jamoa 2018 yildagi ilk uchrashuvda ochko yo'qotgandi. SHu boisdan ham bu galgi bahsda ular faqat 3 ochko ilinjida maydonga tushishlariga shubha yo'q. Pol Dardai shogirdlari turnir jadvalida 24 ochko to'plagan holda 11-pog'onada ketishmoqda. "Borussiya" Dortmund hisobida esa 29 ochko mavjud va ular 4-pog'onani egallab turishibdi. Bundesliga turnir jadvalida 2-o'rin va 11-pog'onadagi jamoalar to'plagan ochkolar o'rtasidagi farq atiga 7 ochkoni tashkil qiladi. Bu esa evrokuboklarga beriladigan yo'llanma uchun kurash joriy mavsumda har doimgidanda qizg'in kechayotganini anglatadi.

"Gerta" odatda o'z uyidagi bellashuvlarda "Borussiya" Dortmunddan ochko olishda ortiqcha muammolarga duch kelmaydi. "Borussiya" Dortmund "Olimpiyashtadion"dagi oxirgi 3 uchrashuvdan buyon g'alaba nimaligini bilmayapti. Agarda bugungi matchda "Borussiya" Dortmund "Gerta" darvozasini ishg'ol etishni uddasidan chiqsa, unda bu dortmundliklarning Germaniya chempionatidagi yubiley 20000-goli sifatida tarixga kiradi.

Bundesliga turnir jadvali

Bu jamoalarning birinchi davradagi o'zaro uchrashuvida "Borussiya"ning qo'li baland kelgandi. "Signal Iduna park"da o'tgan o'yinda Per-Emerik Obameyang hamda Nuri SHaxin tomonidan kiritilgan gollar bahs taqdirini mezbonlar foydasiga hal etgandi.

"Gerta" - "Borussiya" uchrashuvini Kristian Dingert boshchiligidagi hakamlar brigadasi boshqarib boradi.

Taxminiy tarkiblar:

"Gerta" - Yarsteyn — Plattenxardt, Vayzer, SHtark, Pekarik — SHelbred, Kalu, Lazaro, Lustenberger, Mayer, Zelke

"Borussiya" - Byurki - Sokratis, Toprak, Tolyan, Pishhek - Kagava, Vaygl, Getce, Sancho — Yarmolenko, Isak

Berlinga "Borussiya" Dortmund mehmon sifatida tashrif buyurishi doim qiziqarli va chiroyli futbolni kafolatlaydi. "Olimpiyashtadion"da bugun tunda haqiqiy "nemischa kino" taqdim etiladi. Bu shiddatkor futbolni o'tkazib yubormang.

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика