So’nggi yangiliklar

00:49Мбаппе жароҳат сабаб Франция терма жамоаси билан машғулот ўтказмади  0 00:18Рональд Куман Натан Аке "Ман Сити"ни тарк этиши лозимлигини айтди  0 23:47Жейми Каррагер: "Аморимнинг янги йилгача ишдан хайдалиши муқаррар"  2 23:20Шенсни "Барса"га ўтишни хоҳламаганини ва бунга уни рафиқаси мажбур қилганини айтиб берди  2 22:47Миллий жамоанинг Каннаваро қўл остидаги бугунги машғулотларидан ГАЛЕРЕЯ  5 21:50Ямал "Реал"га қарши ўйнаши кутилмоқда  0 21:25"Арсенал" ва Райя ваниҳоят янги келишувга эришишди  1 20:55Жорди Альба мавсум якунида футболчилик фаолиятини якунлашини эълон қилди  2 20:23Гаттузо Каннаваронинг Ўзбекистон терма жамоасига тайинлангани ҳақида гапирди  13 19:58Хаби Алонсо "Реал"дан Вирцни кузатишни сўради  4 19:35Дракслер: "Қатарда нормал ҳаёт кечиришим мумкин..."  9 19:09"Арсенал" "Эмирейтс" стадионини кенгайтирмоқчи  0 18:42Лэмпард қўл остидаги "Ковентри" Чемпоиншипда пешқадамлик қилмоқда  1 18:13Петер Шмейхель: "Биз ўйнаган даврда жамоага мавсумда 10 очко келтиришимиз кутиларди, сўнгги йилларда бунинг аксига ўрганиб қолдик"  0 17:45Футзал. Ўзбекистон Тошкентда Қозоғистон билан ўйнайди  1

Tugallanmagan maqolaning o'zgacha anonsi Yangiliklar

Tugallanmagan maqolaning o'zgacha anonsi

O'tgan yilning yoz oylari, aniqrog'i, iyun. 18 yoshdaman.

Barcha tengdoshlarim (abiturientlar) qattiq hayajonda. Menda qanaydir ishonch paydo bo'lgan. Oliygohga (O'zJOKU) kira olishimga deyarli shubha qilmayman, agar imtihonlar shaffof o'tsa. Xullas, men imtihonlar haqida emas, kelajak haqida qayg'ura boshlagan paytlarim. 

Kunduzgi talimga topshirsam, shundog'am musofirchilikda yurgan ota-onamga og'irligim tushib qoladi. Yo'q, bunaqasi ketmaydi. Sirtqiga topshirib, bir paytning o'zida ishlash, pul topish kerak. SHuningdek, o'sha paytda (qanchalik xato yoki to'g'riligini bilmayman) nazariyaga nisbatan amaliyot qadrliroq ko'rindi. 

Sportga ixtisoslashaman. Yozgan dastlabki maqolalarim "Shampionat.asia" sayti va davriy nashrlarda chop etilyapti. Doimiy ish topsam, kifoya. SHu kunlarning birida "Facebook"dagi hamfikr tanish (aka)larimdan biri ish kerak bo'lsa, aloqa chiqishim uchun kimningdir telefon raqamini berdi. Bog'landim. Sport jurnalistikasida o'z o'rniga ega, ayni paytda kichikroq nashrlardan birini boshqarayotgan kishi ekan. Yozgan maqolalarim bilan tanishgach, futbolga oid bilimlarimni sinab ko'rish uchun bir nechta savol berishini, agar yaxshi javob bersam, birga ishlashimiz mumkinligini aytdi. Suhbatning shu qismini siz bilan bo'lishmoqchiman.

-Tasavvur qiling, sizning shaxsiy klubingiz bor. Jamoangizga jahon futboli yulduzlaridan bittasini jalb qila olasiz, faqat bittasini. Kimni tanlardingiz?

-Myuller.

-Gerd Myullermi?

-Yo'q, uni ko'rmaganman) Tomas Myuller.

-Nega Neymar, Ronaldu, Messi yoki Mbappe emas?

-Tomas ulardek gol mashinasi bo'lmasligi, 3-4 himoyachini aldab o'tolmasligi mumkin. Eng muhimi, u futbol o'ynaydi.

Suhbat shu joyida uzilib qoldi. "O'xshamadi" degan fikr keldi. O'ylayapman: boshqa futbolchini aytsam bo'larkan. Nachora, haqiqatan shu fikrda edim. 

Ertasi kuni yana xabar keldi. Umrimda birinchi bor ishga qabul qilindim. Maosh va ish tartibini kelishib oldik. Oradan ko'p o'tmay birinchi maosh...

Boshqacha tuyg'u edi. Buyam kishining umri davomida bir marta his qilinadigan tuyg'ulardan biri hisoblanadi. Bunga o'sha qisqa javobim (Myuller) tufayli erishdim deb o'ylaganman. Myullerga nisbatan hurmatim 2 barobar oshgan. 

Hozir "Championat.asia"daman. Niyat qilib qo'ydim, yillar o'tib "France football" gazetasining bosh muharriri bo'lganimda "Oltin to'p"ni topshirish marosimiga Tomasni ham chaqiraman va minnatdorchiligimni izhor qilaman) Balki, SA bilan undan nufuzliroq mukofot tasis qilarmiz. Aytishadi-ku, chin dildan qilingan niyatlar amalga oshadi.

Xullas, o'shanda nega Myullerni tanlaganim, uning boshqa futbolchilardan ustun tomonlari haqida maqola yozishga kirishdim (hozir faqat shu qo'limdan keladi). Undan oldin quyidagi bu savollarni o'rtaga tashlamoqchiman:

Tasavvur qiling, sizning shaxsiy klubingiz bor. Jamoangizga jahon futboli yulduzlaridan bittasini jalb qila olasiz, faqat bittasini. Kimni tanlardingiz va nima uchun?

Birinchi maoshingiz yodingizdami?

Faxriddin Ro'ziev

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика