So’nggi yangiliklar

23:35Тимур Кападзе: "Иккала ўйинда ҳам ютишимиз мумкин эди"  5 23:01Расман: "Атлетико" Испания терма жамоаси футболчиси билан шартнома имзолади  1 22:29"Навбаҳор" назорат учрашувида йирик ҳисобда ғалаба қозонди. Қувватовдан норасмий дебют, Никабадзедан хет-трик  9 22:00РПЛ. Эсанов ҳаракат қилаётган "Акрон" "Факел" меҳмони бўлмоқда (онлайн ҳисоб)  11 21:31"Манчестер Юнайтед" форварди ПСЖга ўтиши мумкин  4 21:05Париж-2024. Ўзбекистон иккинчи турда Мисрга ютқазди ва гуруҳдан чиқиш имкониятини йўқотди  825 20:53Париж-2024. Испания терма жамоаси биринчи бўлиб плей-оффга чиқди  7 20:22"Манчестер Юнайтед" испаниялик футболчига қизиқмоқда  1 19:56"Барселона" Уильямс учун кутилганидан 4 млн. евро кўп пул тўлаши керак  2 19:22ФИФА Аргентинанинг эътирозига жавоб берди  4 18:52Ҳусниддин Ғофуров - "Қўқон-1912" футболчиси  3 18:24Биринчи даврада "Бунёдкор"да ўйнаган футболчи Босния ва Герцеговина клубига ўтди  1 18:00Ўзбекистон ўйнайдиган "Божуар" стадиони баҳсга тайёр  7 17:50Доминикан Рес. - Испания. Асосий таркиблар эълон қилинди  17 17:13Магуайр: "МЮни яна муваффақиятли қилиш вақти келди"  4

To'rt grandlar jangi yoxud premer-ligadagi kuchli to'rtlik qanday ko'rinishga ega bo'ladi? Yangiliklar

To'rt grandlar jangi yoxud premer-ligadagi kuchli to'rtlik qanday ko'rinishga ega bo'ladi?

Bu hafta Evrofutbol muxlislari uchun biroz zerikarli tuyulsa-da, FIFA kunlarida terma jamoalar bahslaridan bahra olishlari mumkin.

Qisqa tanaffusdan keyin yana milliy chempionatlar o'yinlariga qaytamiz. Kuchli beshlik chempionatlarining bazilarida chempionlik masalasi hal bo'lib ulgurgan bo'lsa, bazilarida esa yuqori darajadagi intriga hali ham saqlanib qolmoqda. Biz bugun etibor qaratmoqchi bo'lgan Angliya Primer-ligasida o'zgacha shiddat bilan chempionlik va CHempionlar Ligasi uchun kurash kechmoqda. Ligadan tushib ketuvchi jamolar deyarli aniq. Faqatgina uchinchi yo'llanmaga ega bo'lib qolmaslik uchun jadvalning quyi qismida bahs qizimoqda. Lekin bu mavsum Tumanli Albionda CHempionlar Ligasi yo'llanmasi uchun kurash har doimgidanda o'zgacha davom etyapti. Ayniqsa, so'nggi turlarda “Tottenxem” va “CHelsi”ning ketma-ket mag'lub bo'lishi, “Arsenal”ning esa “Manchester Yunayted”ni Emireytsda mag'lub etishi olovga go'yo moy sepgandek bo'ldi. CHempionlik uchun kurashuvchi ikki jamoa nomi aniq. Qolgan ikki yo'llanma uchun to'rt grand jamoa davogarlik qilmoqda. Ha-ya, ikki London jamoasida Evropa Ligasi deb atalmish zaxira imkoniyati ham mavjud. Keling, masalaga optimistik tarzda yondashib, jamoalarning CHempionlar Ligasiga ilinish imkoniyatini chamalab ko'ramiz. 

"Tottenxem" — o'yin 30, o'rin 3, to'plar nisbati +25, ochko 61.

“SHporlar” taqdirning bu ishlariga birinchi navbatda o'zlarini aybdor sifatida his qilishlari kerak. CHunki Harri Keyn safga qaytishidan oldin jamoa chempionlik uchun kurashayotgan va yaxshigina imkoniyat ham hosil qilayotgan edi. Jamoa to'purarining qadami yoqimsiz keldimi, xullas, klub hozirda to'rtinchi o'rindan ham tushib ketish xavfida qolgan. Jadvalga etibor beradigan bo'lsak, “Tottenxem”  yaqin taqibchisi “Arsenal”dan 1 ochko oldinda, lekin jamoa kelayotgan turda Enfildga safar qiladi va katta ehtimol bilan uchinchi o'rinni qo'ldan boy beradi. Qolgan turlarda jamoa besh bora o'zining maydonida va uch marta safar bahslarida maydonga tushadi.

Top-6 jamoalariga qarshi “shporlar” “Liverpul” va “Manchester Siti” jamoalariga qarshi mehmonda maydonga tushishadi. CHempionlik uchun kurashayotgan bu ikki gigant o'z uyida shimoliy londonliklarni ayab o'tirishmasa kerak. Bundan tashqari, jamoa “Bornmut” maydoniga ham safar qiladi. Bu ham Maurisio Pochettino shogirdlari uchun boshog'riq bo'lishi mumkin. Qolgan bahslarda esa “shporlar” o'zlarining yangi qurilgan va ochilgan stadionlarida maydonga tushishadi va asosan turnir jadvali o'rtalaridagi va hech qanday motivaciyaga ega bo'lmagan jamoalarga qarshi o'ynashadi. Bu bahslarni “tovuqlar” o'z foydalariga qiyinchiliksiz hal etishsa kerak. Darvoqe, jamoa hozirda Evropa CHempionlar Ligasida ham  yurishni davom ettirmoqda va bu holat jamoaning ichki chempionat o'yinlari natijasiga salbiy tasir etishi ham mumkin. Boisi, “tovuqlar” ning zahirasi potencial raqiblariga qaraganda unchalik ham uzun emas. Evropa CHempionlar Ligasidagi raqib ham kimsan – “Manchester Siti”! 

Mavsum oxiridagi taxminiy o'rni:  5-o'rin

"Arsenal" — o'yin 30,  o'rin 4,  to'plar nisbati +22, ochko 60.

Unai Emeri shogirdlarining mavsum boshidagi o'yinlari va mag'lubiyatsiz seriyalarini tomosha qilgan muxlislar  ikki mavsumlik tanaffusdan so'ng CHempionlar ligasiga qaytish haqida orzu qila boshlashdi, lekin hammasi mavsum o'rtasiga kelib juda tez yakunlandi va jamoa oltinchi o'ringacha sho'ng'ib ketdi. Navbatdagi turda jamoa uchinchi o'ringa chiqib olishi kutilyapti. Sababi ular o'z uylarida “Nyukasl”ni qabul qilishadi. Ulardan oldingi pog'onadagi “shporlar” esa aytib o'tganimizdek Enfildga safar qilishadi. “To'pchilar”ning qolgan raqiblaridan ustun jihatlari shundaki, ular qolgan turlarda top-6 jamoalariga qarshi maydonga chiqishmaydi. Ustiga-ustak ularning tarkibidagi jarohat olganlar tiklanib borishmoqda. Mesut O'zil atrofidagi muammolar ham hal bo'ldi. Jamoa grandlarga qarshi o'ynashni ham o'rganib olgandek.  Jamoa uchun ortiqcha kuch sarflanishiga sabab bu Evropa ligasidir. Bu erda esa ularni “Napoli” ga qarshi og'ir ӯyinlar kutib turmoqda. Lekin Unai Emeri o'zining sevimli turniridan CHempionlar ligasi yo'llanmasi uchun osongina kechib yubormasa kerak. Ustiga-ustak bu erda ham CHempionlar ligasi yo'llanmasi o'ynalmoqda. Primer-ligada esa to'rtinchi o'rinni hech kim  kafolatlamaydi. Jamoa tarkibi esa har ikkala turnirda muvaffaqiyatli qatnashish uchun etarlicha uzun.

Bevosita chempionatdagi o'yinlarga to'xtaladigan bo'lsak, “kanonirlar” uch marta o'z maydonlarida saf tortishsa, besh marta safar o'yinlarida maydonga chiqishadi. Aynan shu narsa jamoaning oyog'idan chalishi mumkin. CHunki “Arsenal” bu mavsum tom manodagi uy jamoasiga aylanib qoldi. Safar o'yinlarida ular o'zlariga umuman o'xshamayaptilar. “Vulverxempton”,  “Lester”, “Everton” kabi jamoalarga qarshi safardagi bahslar har qanday raqibni ham sergaklantirishi aniq. Bu o'yinlarni Unai Emeri shogirdlari faqat klass evaziga o'z foydalariga hal qilishlari mumkin. 

Mavsum oxiridagi taxminiy o'rni: 3-o'rin

"Manchester Yunayted" — o'yin 30,  ӯrin 5,  to'plar nisbati +18, ochko  58.

Ha, chindan ham Ole Gunnar Sulsherning kelishi jamoaga to'la mos tushdi. Sababi aynan uning kelishidan so'ng jamoa hech kimdan qo'rqmay quydi. Natijalar esa bir maromda keta boshladi. Mag'lubiyatsiz seriya esa ularning potensial raqibi “Arsenal”ga qarshi bahsda to'xtadi. Umuman olganda “MYU” oxirgi o'yinlarda muammolarga duch kelmoqda. Bu jamoaning “Sautgempton”ga qarshi o'yinida ham bilindi. Bunga jamoadagi jarohatlar epidemiyasi ham sabab bo'lishi mumkin.  Ayniqsa, CHempionlar ligasida “PSJ” ga qarshi o'yinda “qizil iblislar”ning tarkibiga havas qilib bo'lmas edi. Faqat “MYU”da kerakli paytda  o'yinni o'z qo'liga oladigan o'yinchi topilyapti. Agar rahbariyat Joze Mourinoga chiqish eshiklarini ko'rsatmaganda, jamoa hozir nechanchi o'rinda ketayotgan bo'lishini “Manchester Yunayted” fanatlari hatto tasavvur qilishga ham qo'rqsalar kerak. Lekin yaxshiyamki, ularning baxtiga rahbariyat vaqtida “benazir”ni istefoga chiqardi( ha, aynan bejizga istefoga chiqardi so'ziga urg'u berilmayapti. SHaxsan, mening fikrimcha “Yunayted”ning o'yinida Sulsherning imzosidan ko'ra o'yinchilarning kayfiyati yuqoriligining tasiri sezilmoqda). 

“Qizil iblislar”ning navbatdagi o'yinlar jadvaliga etibor qaratar ekanmiz, uch marta safarda va beshta “Old Trafford”da kechishi kerak bo'lgan o'yinlarga ko'zimiz tushadi. Nisbatan qulayroq taqvim, shunday emasmi? Lekin, shu uydagi o'yinlarning ikkitasini ular “Manchester Siti” va “CHelsi”ga qarshi o'tkazadilar. To'g'ri “CHelsi” ni Old Traffordda mag'lubiyatga uchratishni jamoa uddalaydi, lekin chempionlik uchun ayovsiz kurashayotgan paytdagi hamshaharlarining qarshiligini sindirish oson bo'lmaydi. Ikkinchidan, “Everton” va “Vulverxempton” ga qarshi kechishi kerak bo'lgan safar o'yinlari ham Ole Gunnar Sulsher shogirdlari uchun oson kechmaydi. Bundan tashqari jamoa Evropa CHempionlar ligasiga ham etibor qaratishga majbur.  Ko'zi ko'r bo'lgan qura ularni deylik “Portu” ro'para qilib qo'yishi mumkin bo'lgan holda, “Barselona”ni tanladi. Lekin jamoa “PSJ” qarshi o'yindagi irodasini ko'rsata olsa, buni ham uddalasa bo'ladi. Lekin buning uchun juda katta kuch sarf qilinadi. Bu esa Primer-liga o'yinlariga tasir etishi shubhasiz. “Vulverxempton”, “Manchester Siti”, “Barselona”ga qarshi ikkita uchrashuv… Xullas, “Manchester Yunayted”ni qo'rqinchli aprel kutmoqda.

Mavsum oxiridagi taxminiy o'rni: 4-o'rin.

"CHelsi" — o'yin 30,  o'rin 6,  to'plar nisbati +17, ochko 57. 

Mavsum boshidagi taxminlarga ko'ra bu mavsum “CHelsi” chempionlikka asosiy davogarlardan biri bo'lishi kerak edi. Umuman, “Aristokratlar” mavsumni ham yomon boshlashmagan edi.  Qator g'alabalardan  keyinroq pasayish yaqqol ko'zga tashlandi. Bu esa, asosan, kiyinish xonasidagi muammolar bilan bog'liq. “Ko'klar” da azaldan uyushgan kiyinish xonasi mavjud. Eh, kimlarni istefoga chiqarib yubordi bu kiyinish xonasi. Navbatdagi qurbon ko'p ehtimol bilan Maurisio Sarri bo'ladi. Futbolchilar murabbiy bilan kelisha olishmasa, ochiqchasiga u uchun o'ynamay qo'ya qolishadi. “CHelsi”da shunaqa. Italiyalik murabbiyning ham taktikasi “ko'klar”ga mos tushmasligi to'g'risida yozishmoqda. Ayniqsa uning Ngolo Kantening pozitsiyasida o'zining eski qadrdoni Jorjinoni o'ynatayotgani ko'pchilikka manzur emas. Mutaxasislarning ham fikrida jon bor, chunki “Lester Siti” va undan keyin chempionlikka erishgan “CHelsi”ning ham asosiy motori Kante edi-da. 

Jamoa muammolariga yana bir sabab bu mavsum avvalidagi noto'g'ri transfer siyosati ham deyish mumkin. Sabab, jamoa uchun bitta “qotil” hujumchi kerak edi. Alvaro Morata va Olive Jiru ko'proq ikkinchi zahiradagi hujumchi roliga mos tushishadi. Uzoq karvonga o'xshaydigan va har qadamda qaroqchilar hujumiga duch kelish mumkin bo'lgan primer- ligada esa jamoalar uchun “qotil” hujumchi hammasidan ham kerak. Gonsalo Iguain esa ancha kech olib kelindi. 

Muammolar girdobiga tushib qolgan “CHelsi” hali ham undan chiqib keta olganicha yo'q. Jamoa oxirgi o'yinni unchalik ham kuchli ko'rinmayotgan “Everton”ga boy berdi va o'z ahvolini yomonlashtirib yubordi. Hozirda jamoada hisobida 57 ochko va ular navbatdagi bahslarning to'rttasini uyda va to'rttasini safarda o'tkazadi. Ayniqsa,”Manchester Yunayted”ga qarshi Old Trafforddagi va mavsum oxirlarida Enfilddagi o'yinlar “aristokratlar”ga oson bo'lmasligini ko'rsatmoqda. Bundan bir necha mavsum oldin hech qanday motivaciyasiz “CHelsi” Enfildda Stiven Jerardning chempionlik orzusini tortib olgandi. Bu safar ham aynan shunday holat, lekin tarix yana takrorlanishi dargumon. CHunki bu safar  bunday ishlarga ustasi farang bo'lgan Joze Mourino jamoada emas.  Qolgan bahslarda esa londonliklar turnir jadvalining o'rtarog'idagi jamoalar bilan bahs olib boradilar. Lekin aynan o'rtamiyona “Bornmut” “CHelsi”ga javobsiz to'rtta gol urganini esdan chiqarmaslik kerak. SHuningdek elitada qolish uchun harakat qilayotgan “Kardiff Siti” ga qarshi safardagi bahs ham oson kechmaydi.

Mavsum oxiridagi taxminiy o'rni: 6-o'rin.


Mamurjon Ibragimov tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика