"Trentning "Real"ga o'tishi Karvaxalga muammo tug'diradi"
26 avg 2024 12:38
Yangiliklar
"Trentning "Real"ga o'tishi Karvaxalga muammo tug'diradi"
"Liverpul" sobiq markaziy himoyachisi Jeymi Karrager agar Trent Aleksander-Arnold "Real"ga o'tsa, Dani Karvaxal "Real" boshlang'ich tarkibidagi o'rnini yo'qotishi mumkinligini aytdi.

Karragerning fikricha, klub darajasida va terma jamoada ko'plab unvonlarga ega bo'lgan Karvaxal bu o'zgarishlardan xursand bo'lmaydi:
"Ehtimol, Dani Karvaxal bu borada o'z so'zini aytgan bo'lardi. U 6 marta CHempionlar Ligasida g'olib chiqdi va shu yozda Evropa chempioni bo'ldi, shuning uchun u Trentni raqib sifatida ko'rishdan xursand bo'lmasdi".
25 yoshli Aleksander-Arnold allaqachon "Liverpul" afsonasi, ammo uning klubdagi kelajagi nomalumligicha qolmoqda, chunki uning shartnomasi mavsum oxirida tugaydi. Trent yanvar oyidan boshlab boshqa klublar bilan muzokaralar boshlashi va Karlo Anchelotti iqtidorli angliyalikni o'ziga jalb qilish uchun bu imkoniyatdan foydalanishga harakat qilishi mumkin.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
"Пахтакор" vs "Нефтчи": Қайси бирида чемпионлик имконияти катта?
АПЛ. МЮ "Тоттенхэм"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди, "шпорлар" 29-дақиқада ўн киши бўлиб қолишди
Ла Лига. "Барселона" ўз уйида "Мальорка"ни йирик ҳисобда мағлуб этди
Бензема мавсумда тўртинчи марта хет-трик қайд этди
Fikrlar