Trent: "Terma bilan faxrlanaman"
04 iyu 2021 17:35
Yangiliklar
Trent: "Terma bilan faxrlanaman"
"Liverpul" himoyachisi Trent Aleksander-Arnold Angliya termasining Evrodagi ishtiroki haqida gapirdi.
"Yigitlar bilan birga emasligimdan xafaman. Ammo ular turnirda g'alabalarga erishib, barchaning quvonchiga sabab bo'lmoqda. Millat birlashmoqda, muxlislar qo'llab-quvvatlamoqda. Terma bilan faxrlanaman.
Har bir kun - yangi qadam. O'zimni yaxshi his qilyapman, jismoniy holatimni tiklayapman, mavsum oldi tayyorgarlikka yaxshi holatda kirib borish uchun harakat qilyapman. Bir necha hafta dam oldim. Endi bor kuchim bilan ishlashim kerak", - dedi Trent.
Futbolchi jarohati sababli Evroda ishtirok etmayapti.
Fikrlar