Trent Aleksander-Arnoldning Realdagi oyligi e'lon qilindi

Khoja
25 mar 2025, 10:28
Trent Aleksander-Arnold 1 iyuldan Real Madrid futbolchisiga aylanadi.

Himoyachi qirollik klubi bilan besh yillik shartnoma imzolaydi. 26 yoshli futbolchi yiliga 15 million evro ishlab oladi.

Eslatib o'tamiz, Trent Aleksander-Arnold Liverpulning tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Himoyachining shartnomasi yozda yakunlanadi va u erkin agent sifatida Madrid jamoasiga ko'chib o'tadi. Angliyalik futbolchi joriy mavsum 39 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Uning hisobida 3 ta gol va 7 ta golli uzatma bor.

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: championat.com