So’nggi yangiliklar

13:01Қозоғистон футбол федерацияси Черчесов олдига қандай вазифа қўйган?  0 12:37"FourFourTwo" Яшинни барча даврларнинг энг яхши дарвозабони деб топди  0 12:10"Ювентус" "Верона" футболчисини трансфер қилди  1 11:46"Металлург" 2 нафар футболчиси билан хайрлашганини эълон қилди  1 11:25Олимпиада олдидан. Элдор Шомуродов билан очиқчасига суҳбат  3 11:11Мбаппе вакиллари ПСЖга таҳдид қилди  1 10:50Нима учун Лени Йорони «Реал»га эмас, МЮга ўтгани маълум  6 10:21«Реал Мадрид» яна бир афсонаси билан шартномани узайтирди  5 09:48Жаҳон чемпиони Саудия Арабистонидан АПЛга кўчиб ўтиши мумкин  3 09:19ФИФА яна бир терма жамоани дисквалификация қилиши мумкин  20 08:52Ла лиганинг энг кўп ҳақ оладиган футболчиси маълум. У — Мбаппе эмас  5 08:25Расман. «Боруссия» тўпурар ҳужумчи билан шартнома тузди  1 07:59Расман: Европа лигаси тарихидаги энг яхши тўпурар фаолиятини Саудияда давом эттиради  3 07:30Бугун «Мираброр Усмонов кубоги» старт олади  1 00:46Шмейхель "Селтик"да фаолиятини якунлаган Жо Харт ўрнини тўлдирди  3

Coca Cola Superliga. Dramatik bahsda "So'g'diyona" kambek evaziga "Andijon"ni taslim etdi Yangiliklar

Coca Cola Superliga. Dramatik bahsda "So'g'diyona" kambek evaziga "Andijon"ni taslim etdi

Coca Cola Superliganing 9-turidan o'rin olgan bahs bo'lib o'tdi.

Coca Cola Superliga, 9-tur
"ANDIJON" - "SO'G'DIYONA"
5 may 2023 yil. Farg'ona, "Istiqlol" stadioni
Bosh hakam:
Olim To'ychiboev.
Yordamchi hakamlar: SHohruh Azamov, SHohnur Yo'ldoshev.
Zaxira hakami: To'rabek Suyunov.
VAR: Ibrohim Ismoilov.
AVAR: Maksim Nexochin.
Nazoratchi: Jahongir Saidov.
Komissar: Oybek Yunusov.


"Andijon" — 72. Igor Litovka, 4. Dilshodjon Komilov, 8. Farxodbek Bekmuratov, 9. Levan Arveladze, 13. Sardorbek Azimov, 14. Abdurahmon Komilov, 15. Vladimir Bubanya, 17. Farxodjon Sohibjonov, 26. Muhammadkarim Toirov, 66. Ilhomjon Alijonov, 99. Rubin Xebay.
Zaxira: 12.Mohirbek Komilov, 5.Abdulvohid G'ulomov, 6.Asilbek Aysarov, 7.Boburbek Farhodov, 10.Ilhomjon Abdug'aniev, 11.Sardor Abdunabiev, 19.Suhrob Berdiev, 28.Islombek Mamatkazin, 88.Nodari Kavtaradze.

"So'g'diyona" — 27. Milan Mitrovich, 4. Elyor Orifov, 9. Zenan Zaymovich, 10. Javohir Qahramonov, 11. Jasur Hasanov, 15. Tarik Isich, 18. Mirjalol Abdumutalov, 22. Sanjar SHoahmedov, 28. Stanislav Andreev, 77. Daniel Nasriddinov, 93. Marko Kolakovich.
Zaxira: 1. SHirinboy Abdullaev, 6. Alisher Salimov, 7. Serder Serderov, 8. Iskandar SHaykulov, 12. Hislat Xalilov, 17. Muhammad Yo'ldoshev, 20. Amirbek Fayziev, 26. Ulug'bek Abdullaev, 32. Nodirjon Soyibov.


Andijon

Rubin Xebay - 15'

Superliga. 9-tur

05/05/2023, 19:00

2
:
1
Tugadi

So'g'diyona

Iskandar SHaykulov - 88', Dzenan Zaymovich - 90'

45'
90'
15'  Rubin Xebay
15'  Sardor Azimov
66'  Farhod Bekmurodov
88'  Iskandar SHaykulov
90'  Dzenan Zaymovich
90'  Sanzhar SHoahmedov


Aleksandr Xomyakov boshchiligidagi "Andijon" klubi Farg'onada Ivan Boshkovich boshchiligidagi "So'g'diyona" klubini qabul qildi. 


YANGILASH


90+6-daqiqa. Kartochkalar yomg'iri va o'yin yakuniga etdi. 

90+4-daqiqa. GOOOOL! Zaymovich mehmonlarga g'alaba keltirmoqda. Ana bo'lmasam, "So'g'diyona"dan aqlbovar qilmas kambek. 

90-daqiqa. O'yinning asosiy vaqtiga 6 daqiqa qo'shib berildi. 

88-daqiqa. GOOOOOL! Superzarba va hisob tenglashdi! Iskandarov SHoyqulov kuchli zarbasi bilan Litovka darvozasini ishg'ol qildi. 

87-daqiqa. Ogohlantirish! Farxodovga sariq. Futbolchi raqibinining yuziga zarba berib yuboribdi. 

86-daqiqa. O'zgarishlar! Mehmonlar safida esa Andreev va Jasun Hasanov o'rniga Serder Serderov va 

85-daqiqa. O'zgarishlar! Arveladze va Sohibjonov o'rniga Ilhomjon Abdug'aniev va Nodari Kavtaradze maydonga tushirildi.  

Hakam esa shoshilmaslikni so'radi va avvalroq "Andijon" futbolchisi jarima maydonchasida 

82-daqiqa. Ilhomjon Abdug'aniev va Nodari Kavtaradze maydonga tushishga tayyorlanayotgandi...  

77-daqiqa. Andijon"ning golidagiga o'xshash vaziyat yuzaga keldi, lekin "Andijon" sardori Bubanya va Igor Litovka xavfni bartaraf eta olishdi.  

74-daqiqa. O'zgarish! Rubin Xebay o'rnini Boburbek Farhodovga bo'shatib berdi. 

72-daqiqa. Himoyachilarga yordamga qaytgan Xebay maydonga quladi. Hujum yakunlangach, hakam unga etibor qaratdi. 

68-daqiqa. Kamchilikda bo'lsada, mezbonlar hujumga o'tishdan cho'chishmadi. Balki shu yo'l bilan ular vaqtdan ham yutishni maqsad qilishgandir. 

Buyog'iga "Andijon"ga oson bo'lmasligi aniq. 

66-daqiqa. QIZIL KARTOCHKA! Farxodbek Bekmurotov ikkinchi sariq olib, maydonni ertaroq tark etishga majbur. 

54-daqiqa. O'zgarishlar! Mirjalol Abdumutalov o'rniga Iskandar SHoyqulov o'yinga qo'shildi. 

50-daqiqa. Elyor Orifov tibbiy yordamga muhtoj bo'lib maydonda yotibdi. Hakam shifokorlarni chaqirdi.  

46-daqiqa. Tez yordam mashinasi tanaffusda hech qaerga ketib qolmapti, ikkichni bo'lim vaqtida boshlandi!

Aynan shu pallada hakam bo'lim yakunlanganini bildiruvchi hushtagini chaldi va jamoalarni tanaffusga taklif qildi. Biz ham biroz dam olamiz.  

45+1-daqiqa. "So'g'diyona" tanaffusga hisobni tenglashtirib chiqib ketishga juda yaqin kelishdi. Biroq Stanislav Andreevning uzatmasini darvozaga yo'llaydigan futbolchi topildi.  

45-daqiqa. Birinchi bo'limning asosiy vaqtiga 1 daqiqa qo'shib berildi!

44-daqiqa. Rubin Xebay hujumda, to'p uchun kurashda raqibning oyog'iga zarba berib yubordi - fol.   

41-daqiqa. "So'g'diyona"ning navbatdagi urinishi qovushmadi va Litovka osonlik bilan to'pni egallab oldi.  

38-daqiqa. Kolakovich havodagi kurashda Xebayga nisbatan tirsagini ishga solgani uchun fol va jarima zarbasi. 

Mezbonlar hujumdanoq pressing uyushtirib, raqibga bosim o'tkazishmoqda. 

36-daqiqa. "Andijon"ning navbatdagi hujumi oxiriga etmay qoldi. Milan Mitrovich to'pni egallab oldi.  

32-daqiqa. Hasanov ham to'pga eta olmay qolarkan-a? Markazdan oldinga tashlab berilgan to'pga Jasur bu safar ham etib oladigandek ko'ringandi, lekin biroz eta olmay qoldi. 

29-daqiqa. To'xtalishlar hisobiga o'yin tempi sezilarli darajada tushdi. Bosh hakam Olim To'ychiboev maxsus qurilmasi orqali hamkasblari bilan shu haqida gaplashdi chog'i. 

26-daqiqa. Litovka darvozasi oldida xavfli vaziyat yuzaga keldi, Qaxramonov oxirgi nuqtani qo'yishga yaqin edi, lekin u o'yindan tashqari holatdaligi malum qilindi. Qo'shimchasiga, kiper to'pni mahkam ushlab ham olgandi.    

20-daqiqa. Ogohlantirish! Bekmuratov raqibga nisbatan qo'pol harakati uchun sariq kartochkaga loyiq ko'rildi.   

15-daqiqa. GOOOOOOL! Xebay yana gol urdi! Azimovdan ajoyib uzatma va Rubin bir sakrab, to'pni darvozaga yo'lladi, Mitrovich esa bu zarba oldida ojiz qoldi.

11-daqiqa. Bosh hakam Stanislav Andreevga nisbatan fol ishlatildi deb topdi. 

8-daqiqa. Litovkaning qo'pol xatosidan keyin Nasriddinov hisobni ochishi mumkin edi, lekin futbolchi raqib kiperidan bunday xatoni kutmagani sezilib qoldi.  

6-daqiqa. Mezbonlar vakili o'yindan tashqari holatda qolib ketgani qayd etildi. 

1-daqiqa. Demak, ketdik. O'yinimiz boshlandi!

Bo'ldi, kutilgan insonlar kutilgan mashinada etib kelishdi.

Tez tibbiy yordam mashinasi etib kela olmagani sabab, uchrashuv nomalum muddatga kechiktirildi. 


Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика