So’nggi yangiliklar

18:59Осиё Кубоги U-23. Ўзбекистон жой олган гуруҳда Жанубий Корея ва Эрон муроса кўчасини танлади  0 18:49"Пахтакор" янги мавсумга тайёргарликни бошлади  0 18:46U-23 Осиё Кубоги. Ўзбекистон U-23 - Ливан U-23 (матнли трансляция)  7 18:30Испания Кубоги 1/8 финалига қуръа ташланди  1 17:44"Хоразм" сербиялик дарвозабон билан шартнома имзолади  1 17:06"Пахтакор"нинг ироқлик легионерлари визасини янгилай олмаяпти  8 16:45Тони Пулис: "Агар имконият берилса, Флетчер МЮ учун энг яхши мураббий бўлиши мумкин"  2 16:17Абдуқодир Ҳусанов сайёранинг энг тезкор 10 нафар футболчиси қаторига кирадими?  2 15:05Тимур Кападзе: "Ўйлайманки, "Навбаҳор"да молиявий муаммолар бўлмайди"   17 14:45"Бунёдкор" хорватиялик легионер билан хайрлашди  1 14:20Забиҳилло Ўринбоев: "Ўтган йилги ички муаммоларни ҳозир айтиш нотўғри. Хатолардан хулоса чиқарамиз"  1 14:02МЮ вақтинчалик мураббий масаласида Сульшер ва Кэррик билан учрашув ўтказади  6 13:35Неймар ва "Сантос" шартномани 2026 йил якунига қадар узайтиришди  0 13:02Бугунги ўйинлар: Ўзбекистон U-23 — Ливан U-23, Ҳусанов “Сити” билан уйда ва бошқалар  3 12:56Месси ижтимоий тармоқлар ҳақида: "Гоҳида кимдандир "отписка" қилишни хоҳлайман, лекин бунинг оқибатларини биламан"  12

"TransferUz": Turg'unboev "Paxtakor"ni tanlaydimi yoki "Navbahor"da qoladimi? Yangiliklar

"TransferUz": Turg'unboev "Paxtakor"ni tanlaydimi yoki "Navbahor"da qoladimi?

Saytimiz xodimi SHahboz Beg'amovning malum qilishicha, "Navbahor" vingeri Aziz Turg'unboev kelasi mavsumni qaerda boshlash haqida o'ylamoqda.

Ayni paytda Turg'unboevning xizmatlariga "Paxtakor" tomonidan jiddiy qiziqish mavjud. Klub allaqachon futbolchi bilan og'zaki muzokaralarni boshlab yuborgan. Biroq futbolchi hali yakuniy qarorga kelgani yo'q. O'z oldiga yuqori maqsadlarni qo'yayotgan "Navbahor" rahbariyati esa Turg'unboevni jamoada olib qolish uchun kurashmoqda.

Bu borada Turg'unboevning o'ziga murojaat qildik va futbolchi keyingi faoliyati haqida quyidagi fikrlarni bildirdi:
- "To'g'risi, hali yakuniy qarorga kelganim yo'q. Ayni paytda "Paxtakor" tomonidan qiziqish mavjud. Ammo biz hech qanday kelishuvga erishganimiz yo'q. SHuningdek, "Navbahor" ham meni qo'yib yubormoqchi emas. "Navbahor"da qolamanmi? Hozircha aniq bir narsa deya olmayman. O'ylab ko'rmoqchiman", - dedi Aziz Turg'unboev.


Eslatib o'tamiz, "Paxtakor" jamoasi o'tgan mavsumda ham mazkur futbolchining xizmatlariga qiziqish bildirgandi. Ammo yakunda Turg'unboev Namanganda qolishni maqul ko'rgandi. Bu yili esa futbolchi qanday qarorga kelishini yaqin vaqt ichida bilib olamiz. Ayni paytda futbolchi bu borada yaxshilab o'ylab ko'rmoqchi.

Reyting: +26   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика