Transfermarkt va Championat.Asia o'tgan oyning eng yaxshilarini aniqlashdi
04 iyu 2024 22:00
Yangiliklar


Transfermarkt va Championat.Asia o'tgan oyning eng yaxshilarini aniqlashdi
So'rovnomada Transfermarkt'ning rus bo'limi va Championat.Asia xodimlari ishtirok etishdi. Mehmon ekspert sport sharhlovchisi Otabek Jo'raev bo'ldi.
So'rovnomaga ko'ra aprel-may oylarida O'zbekiston chempionatining eng yaxshi murabbiyi sifatida Vadim Abramov tan olindi. Uning qo'l ostida "Dinamo" beshta o'yinda umuman yutqazmadi - bitta g'alaba va to'rtta durang. Abramov shogirdlari "Paxtakor"dan (1:1) va "Nasaf"dan (1:1) ochkolar tortib oldi. Abramov 40% foiz ovoz oldi, ikkinchi o'rinda "Nasaf" ustozi Ro'ziqul Berdiev (24%) qayd etildi.
Lyupche Doriev aprel-may oyida Superliganing eng yaxshi futbolchisi deb topildi. "So'g'diyona"ning 28 yoshli makedoniyalik futbolchisi 5 ta o'yinda 7 ta gol urdi! Doriev so'rvonomada katta ustunlikka ega bo'ldi: u 68% ovoz oldi, uning eng yaxshi taqibchisi "Paxtakor" vakili Doston Hamdamov bo'ldi (16 foiz ovoz).
O’xshash yangiliklar

Fikrlar