Transfermarkt: O'zbekiston chempionatida eng ko'p narxi oshgan futbolchilar TOP-10
29 dek 2020 22:21
Yangiliklar


Transfermarkt: O'zbekiston chempionatida eng ko'p narxi oshgan futbolchilar TOP-10
Unga ko'ra narxi eng ko'p oshgan futbolchi bu "Paxtakor" yarim himoyachisi Dostonbek Hamdamov bo'ldi. Bungacha 900 ming evroga baholangan Hamdamovning narxiga 300 ming evro qo'shildi va endi uning transfer summasi 1.2 million evroga etdi.
"Nasaf" posboni Abduvohid Nematovning narxi 275 ming evroga oshdi (yangi narxi 600 ming evro).
Bir qator futbolchilarning narxlari 200 ming evroga ko'tarilgan. Bular:
Jaloliddin Masharipov (yangi narxi 2 million evro)
Odiljon Hamrobekov (yangi narxi 1 million evro)
Bobir Abdixoliqov (yangi narxi 900 ming evro)
Hojiakbar Alijonov (yangi narxi 900 ming evro)
Nurillo To'xtasinov (yangi narxi 800 ming evro)
SHarof Muhitdinov (yangi narxi 550 ming evro).
"Navbahor" yarim himoyachisi Azizbek Turg'unboevning narxiga 150 ming qo'shildi va endi 700 ming evroga etdi. "Paxtakor" yarim himoyachisi Sardor Sobirxo'jaevning narxiga 100 ming qo'shildi va endi 700 ming evroga tenglashdi.
Bu haqda championat.asia sayti transfermarkt portaliga tayanib xabar berdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar