So’nggi yangiliklar

09:50А Сериянинг энг кўп маош олувчи футболчилар рейтинги эълон қилинди  0 09:23Мбаппе Ямалнинг шахсий ҳаётига аралашётганларга мурожаат қилди  4 08:55Футзал. 3-турнинг марказий учрашувида йирик ҳисоб қайд этилди  0 08:27Элдор Шомуродов:"Ҳамма ҳам хато қилади"  5 07:59Каннаваро дебюти омадли чиққан Ўзбекистон - Қувайт учрашувидан ФОТОГАЛEРEЯ  2 07:31U-20 ЖЧ. Чорак финалнинг барча жуфтликлари маълум  1 01:49ЖЧ-2026 саралаши. Рангник термасидан 10та гол, Нидерландия, Фарер ороллари ҳамда Даниядан йирик ғалаба ва бошқа натижалар  11 01:39Ўртоқлик учрашуви. Дербида Англия Уэльсни йирик ҳисобда мағлуб этди  0 01:15Мухлислари Моуриньюни ҳақорат қилгани учун "Порту" жаримага тортилди  2 00:55Погбанинг катта футболга қайтиши кечикмоқда  1 00:34А Сериянинг сентябрь ойидаги энг яхши футболчиси аниқланди  2 00:16ЖЧ-2034нинг 2035 йилда бўлиши мумкинлиги ҳақида Инфантино нималар деди?  1 23:50Мбаппе: "Винисиус билан муносабатларимиз яхши. Одамлар истаганини гапиради"  0 23:34Нани: "Аморимга вақт керак"  3 23:13ЖЧ-2026нинг 20-иштирокчиси маълум бўлди  0

Transfermarkt: Endi O'zbekiston Superligasida narxi kamida 1 millionlik 4 futbolchi bor! Yangiliklar

Transfermarkt: Endi O'zbekiston Superligasida narxi kamida 1 millionlik 4 futbolchi bor!

Transfermarkt portali O'zbekiston Superligasi va Pro ligasida o'ynayotgan futbolchilarning narxlarini yangiladi.

Eng ko'p narxi ko'tarilgan futbolchi makedoniyalik Lyupcho Doriev bo'ldi. Vinger "So'g'diyona" ajoyib mavsum o'tkazmoqda: bugunga qadar 11 ta o'yinda "gol+pas" tizimi bo'yicha 9+2 ballga ega. Uning narxi 400 ming evroga ko'paydi.

Narxi oshganlar ro'yxatida ikkinchi o'rinda Bektemir Abdumannonov qayd etildi. "Andijon" etakchisiga aylanib olgan futbolchi 2 ta gol urdi va 8 ta assist qayd etdi. Abdumannonovning narxi ikki baravarga oshdi va 500 ming evroga etdi.

Akmal Mozgovoy va Abduvohid Nematov (ikkisi – "Nasaf"), "Olimpik" yarim himoyachisi Abdurauf Bo'riev, "So'g'diyona" himoyachisi Islom Qobilovning narxlariga 200 ming evrodan qo'shildi.

Islom Mamatkazin ("Andijon"), Aziz To'lqinbekov ("Bunyodkor") va Muhammadrasul Abdumajidov ("Paxtakor") kabi futbolchilarning narxi 175 ming evrodan oshdi. U-23 Osiyo kubogida ajoyib o'ynagan "Neftchi" yarim himoyachisi Jasur Jaloliddinovning narxi esa 150 ming evroga ko'tarildi.




Narxi eng ko'p kamaygan top-10 futbolchilar:
1) Sardor Sobirxo'jaev ("Paxtakor") - 200 ming evro;
2) Silvanus Nimeli ("Surxon") - 200 ming evro;
3) SHohruz Norxonov ("Neftchi") - 150 ming evro;
4) Diyor Turopov ("Neftchi") - 150 ming evro;
5) Jaloliddin Jumaboev ("Neftchi") - 150 ming evro;
6) Mixay Roman ("Neftchi") – 125 ming evro;
7) Hojiakbar Alijonov ("Paxtakor") - 100 ming evro;
8) Bobir Abdixoliqov ("Nasaf") - 100 ming evro;
9) Oybek Bozorov ("Nasaf") - 100 ming evro;
10) Ibrohim Yo'ldoshev ("Navbahor") - 100 ming evro.




Superligada eng qimmat futbolchi nomini Odiljon Hamrobekov o'zida saqlab qoldi. "Navbahor" va O'zbekiston milliy terma jamoasi azosining narxi hamon 1,2 mln evro. Quvonarlisi endi O'zbekiston Superligasida narxi 1 million va undan ko'p bo'lgan 4 nafar futbolchi bor: SHerzod Nasrullaev, Akmal Mozgovoy va Xurshid G'iyosovning narxi millionga etdi.

Uch nafar futbolchining narxi 900 ming evro – Abduvohid Nematov ("Nasaf"), Hojiakbar Alijonov ("Paxtakor") va Lyupcho Doriev ("So'g'diyona"). Top-10'ni narxi 850 ming evro bo'lgan futbolchilar yakunlab berishdi – Jasur Jaloliddinov ("Neftchi"), Dostonbek Hamdamov ("Paxtakor") va Jamshid Iskanderov ("Navbahor").


Reyting: +17   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика