Transferlar oynasi – “Nasaf”

Narzulla Saydullayev
8 iyul 2018, 16:45
18 iyundan boshlab O'zbekiston chempionatida transferlar oynasi rasman ochilgan bo'lib, yana 1 hafta mobaynida klublar yangi o'yinchilarni ro'yxatdan o'tkazish imkoniyatiga ega.

Ayni paytda jamoalar yangi futbolchilarni o'z safiga qo'shib olish jarayonini davom ettirishmoqda. Xususan, Qarshining “Nasaf” klubi Samarqandning “Dinamo” klubida faoliyat yuritgan Amirjon Safarovni ijara asosida tarkibga jalb etdi. O'zaro kelishuvga ko'ra, 23 yoshli hujumchi mavsum so'nggiga qadar Qarshi jamoasida to'p suradi.

O'z o'rnida “Nasaf”ni rasman Dragan Cheran, Igor Golban, Slavko Lukich, Jasur Hasanov hamda Sanjar Rashidov tark etdi. Ushbu futbolchilar rasman “Nasaf” o'yinchilari qatoridan o'chirildi.

“NASAF”
KELGANLAR:

Amirjon Safarov  – ijara

KETGANLAR:
Dragan Cheran
Igor Golban
Slavko Lukich
Jasur Hasanov
Sanjar Rashidov

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: pfl.uz