So’nggi yangiliklar

23:50АҚШдаги қонун Месси ва Альбага келганда ишламади  0 23:21Ўзбекистон U23 терма жамоаси Японияга қарши ўйин учун тайёргарликни давом эттирмоқда ГАЛЕРЕЯ  0 23:00Бельгия. "Антверпен" - "Сент-Жиллуаз". Ҳамюртимиз захирада  1 22:48"Хоразм" "Андижон" ҳимоячисини таркибига қўшиб олди  0 22:31Виктор Гёкереш Лондонга етиб борди  0 22:11"Сўғдиёна" ва "Шўртан" ўртоқлик учрашувида жанговар дуранг қайд этди  0 21:59"Мираброр Усмонов хотира турнири". Саудия Арабистони иккинчи ўйинда ҳам мағлуб бўлди  1 21:26"Хоразм" Аббос Отахоновни таркибига қўшиб олди  1 20:51Диёр Ортиқбоев: "Япониянинг бугунги ўйини бизга қизиқ эмас"  1 20:34Ўртоқлик ўйини. "Динамо" "Витебск"ни мағлубиятга учратди  2 20:12Антонио Конте Стерлингни "Наполи"да кўришни истамоқда  1 19:47"Андижон" тарихда илк бор ОЧЛ 2 да: тайёргарлик, қуръа ва учрашувлар санаси  12 19:23ПФЛ ОФКга мурожаат қилиб, халқаро талаблар ҳимоя қилинишини сўради   5 19:05"Юве" "Челси"нинг 68 млн евролик таклифини рад этди – Йилдиз сотилмайди  2 18:36"Бавария" Гарначога қизиқмоқда, футболчи АПЛда қолишни истамоқда  3

Transferlar: Evropa matbuotidagi so'nggi qaynoq xabarlar Yangiliklar

Transferlar: Evropa matbuotidagi so'nggi qaynoq xabarlar

Championat.asia sizni Evropa matbuotida chiqayotgan so'nggi transfer xabarlari bilan tanishtirishda davom etadi.
Etiboringizga bugungi oldi-sotdi xabarlarini taqdim etishni lozim topdik. Marxamat, amalga oshadigan va oshishi mumkin bo'lgan transfer yangiliklari bilan tanishib oling.

"Gladbax" Ter SHtegenga o'rinbosar qidirmoqda
So'nggi xabarlarga qaraganda Myonxengladbaxning "Borussiya" jamoasi Mark Andre ter SHtegen uchun "voris" qirish ishlarini boshlab yubordi. KICKER tarqatgan xabarga ko'ra asosiy nomzod SHveycariyalik posbon Maks Eberl bo'lib turibdi. Ter SHtegenning jamoani tark etishi aniq. U ketgach esa "Borussiya M" darvozasini katta extimol bilan, aynan, Eberl qo'riqlaydi. Hozirda "Bazel" safida o'ynayotgan darvozabon yaqin kunlar ichida Germaniyaga ko'chib o'tishi kutilmoqda.  

"MYU" unchalik ham Koentrau ishqida yonayotgani yo'q
Bir necha kun avval Britaniya OAV orqali Fabio Koentrauning Manchesterga ko'chib o'tishi mumkinligi xabar qilinayotgan edi. "Real" safida asosiy tarkibdagi o'rnini yo'qotib qo'ygan portugaliyalik futbolchini "MYU" ustozi Devid Moyezning o'z jamoasi tarkibiga qo'shib olishni istayotgan edi. Ammo chuqur tahlildan so'ng "qizil iblislar" ustozi Koentrauni sotib olishni biroz keyinga surishga qaror qildi. Boisi Moyez uning "MYU" falsafasiga mos kelishiga biroz ikkilanmoqda. SHu boisdan ham Koentrau jamoaning qishki transfer rejalaridan o'rin olmaydigan bo'ldi.

"PSJ" vakillari fikrlaridan qaytmoqchi emaslar
"PSJ" "CHelsi" yarim himoyachisi Eden Azarga qiziqayotganidan xabaringiz bor. Ammo futbolchi bergan so'nggi intervyularidan birida Londonda qolishni istayotgani va "CHelsi"da baxtli ekanini takidlab o'tdi. SHunday bo'lsa ham Parijliklar o'z niyatlaridan qaytishmoqchi emaslar. Parijliklar qanday qilib bo'lsa-da Azarni o'z tarkiblariga qo'shib olishni rejalashtirishmoqda. Buning uchun juda katta transfer summasi taklif qilinishi ham mumkin. Belgiyalik futbolchining "aristokratlar" safida uzoq vaqt qolish yoki qolmasligi haqida biror fikr bildirish qiyin. CHunki pul ko'p narsaga qodir…

Morata uchun "jang" qizimoqda
Madridning "Real" klubi safida o'z o'rnini topa olmagan Alvaro Morata yaqin kunlar ichida yangi klubga ko'chib o'tishga yaqin turibdi. Ammo uning qaysi jamoa tarkibidan o'rin olishi hamon ochiqligicha turibdi. Boisi ushbu o'yinchini Evropaning bir qator etakchi jamoalari o'z safiga qo'shib olishni niyat qilishgan. Ular orasida Angliya va Germaniya chempionati vakillari ham bor. Londonning "Arsenal" klubi qishki transfer rejalaridan o'rin olgan futbolchini "Liverpul" va "Borussiya D" ham o'z tomoniga og'dirib olishni niyat qilishgan. Bu borada omad kimga kulib boqar ekan…

"Borussiya D" Xedirani bundesligaga qaytarmoqchi
Dortmundning "Borussiya" jamoasi rahbariyati Germaniya terma jamoasi azosi Sami Xedirani nemis bundesligasiga qaytarish haqida bosh qotirishmoqda. BILD nashri tarqatgan xabarga ko'ra bu transfer yaqin orada amalga oshishi mumkin ekan. CHunki "sariq-qoralar" yarim himoyasida bir qator kamchiliklar ko'zga tashlana boshladi. Ko'p yillar davomida jamoa etakchisi bo'lib kelgan Sebastian Kelning yoshi o'tib borayapti. Ilkay Gyundogan esa o'ziga yangi jamoa toppish niyatida. SHuni inobatga olgan Dortmundliklar "Real" safida to'p tepayotgan o'yinchini jamoaga olib kelishni ko'zlashmoqda.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика