So’nggi yangiliklar

01:50"Наполи" футболчисини "Ноттингем"га ижарага берди  1 01:25Артета: "МЮ қарши ҳужумларда "қотил"  0 00:50"Арсенал" "Атлетико"га бир неча таклиф жўнатди  1 00:31Нани "Актобе"да қанча маош олади?  2 00:10"Ливерпуль" футболчиси "Тоттенхэм"га ўтишга яқин  1 23:49"Барселона" Ферминнинг агентлари билан музокаралар ўтказди  1 23:30Назорат ўйини. "Сўғдиёна" Сербия жамоасига мағлуб бўлди  1 23:17"Арсенал" футболчисини "Марсель"га ижарага берди  1 23:14"Ғазалкент" ва "Каттақўрғон" жамоалари назорат ўйини ўтказди  2 22:59U-23 Осиё Кубоги. Вьетнам Жанубий Кореяни мағлуб этиб, бронза медалларига эга чиқди  0 22:43"Металлург" қайтди! Бу қандай эълон қилинди?  0 22:29"Актобе" Халкни ҳам жамоага олиб келиши учун қанча маош тўлаши керак эди?  3 21:59Эрон. "Истиқлол" дуранг ўйнади, Ашурматов тўлиқ ўйин ўтказди  0 21:29Назорат ўйини. ОКМК Дубайда Жанубий Корея чемпионини мағлуб этди  5 20:58Арне Слот Жеррарднинг танқиди ҳақида гапирди  3

Transferlar: Bugungi qaynoq xabarlar Yangiliklar

Transferlar: Bugungi qaynoq xabarlar

Championat.asia sizni Evropa matbuotida chiqayotgan transfer xabarlari bilan tanishtirishda davom etadi.
Etiboringizga bugungi yangiliklarni taqdim etishni lozim topdik. Marhamat, amalga oshadigan va oshishi mumkin bo'lgan transfer yangiliklari bilan tanishib oling.

"MYU" va "Tottenxem" Xalilovichni ilib ketishmoqchi
Xabaringiz bor, Kataloniyaning "Barselona" jamoasi Xorvatiyalik yosh iqtidor sohibi Alen Xalilovichni tarkibga qo'shib olish harakatida yurgandi. Kataloniyaliklar futbolchiga rasmiy taklif bilan chiqishga ham ulgurishgan. Lekin "Manchester Yunayted" va "Tottenxem" kabi ingliz grandlari xorvatiyalik futbolchini "Barsa"dan ilib ketishmoqchi. Sky Sportsning yozishicha, tumanli albion vakillari ham yaqin vaqt oralig'ida 17 yoshli futbolchiga taklif yuborishni rejalashtirishmoqda. Ko'ramiz, Xalilovich uchun kechadigan ushbu kurashda kimning qo'li baland kelar ekan.

"Gerta" Jigerjini jamoada olib qolmoqchi

Mavsum boshida Berlinning "Gerta" jamoasi "Volfsburg"dan Tolga Jigerjini ijaraga olgandi. Futbolchi shu vaqt oralig'ida yangi jamoasida o'zini har tomonlama ko'rsatishga muvaffaq bo'ldi. SHu boisdan berlinliklar Jigerjini jamoada olib qolishni rejalashtirishmoqda. BILD nashrining xabar berishicha, "Gerta" rahbariyati yaqin vaqt ichida Jigerjining transfer huquqini "Volfsburg"dan butunlay sotib oladi. Futbolchining o'ziga esa 2017 yilga qadar mo'ljallangan shartnoma taklif qilinadi.

Joel Veltman yozda Angliyaga yo'l oladiganga o'xshaydi
"Ayaks" safida ajoyib o'yin ko'rsatib, amsterdamlik muxlislarning yoqimtoyiga aylanib ulgurgan Joel Veltman bir qator ingliz klublarining qiziqish doirasiga kirib qoldi, deya yozadi De Telegraaf nashri. Manbada qayd etilishicha, Veltman xizmatlariga "MYU", "Man Siti", "Arsenal" va "CHelsi" kabi klublar extiyoj sezishmoqda. Katta ehtimol bilan Joel yozda Angliyaga ko'chib o'tadi. SHu o'rinda aytib o'tish joizki, Joel Veltmanning "Ayaks" bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2017 yilga qadar mo'ljallangan.

"Fulxem" Fuksga qiziqmoqda
Angliyaning "Fulxem" klubi "SHalke 04" himoyachisi Kristian Fuksga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda Daily Mirror nashri xabar tarqatdi. Ayni paytda ingliz jamoasi himoya chizig'ida, xususan, chap qanot himoyasida muammoalar vujudga kelgan. Ushbu muammoni hal etish maqsadida "Fulxem" "SHalke 04" himoya qo'rg'oni vakili Fuksni o'z tarkibiga qo'shib olishni ko'zlamoqda. Agar asli avstriyalik bo'lgan futbolchi "Fulxem"ga ko'chib o'tadigan bo'lsa, u Yon Arne Riise o'rnini egallaydi.

"CHelsi" kichik Azarni ijaradan qaytaradi
Angliyaning Daily Mirror nashri tarqatgan xabarga ko'ra, "CHelsi" yaqin vaqt ichida Torgan Azarni o'z safiga qaytarishi mumkin. Yosh Torgan hozirda "aristokratlar" safida yorqin o'yin ko'rsatayotgan Eden Azarning ukasidir. Kichik Azarning harakatlari "CHelsi" murabbiylar shtabiga maqul kelgan. SHu boisdan londonliklar uni ijaradan qaytarish haqida o'ylab turishibdi. Agar hammasi rejalashtirilganidek amalga oshadigan bo'lsa, tez orada London super-klubi safida aka-uka Azarlarning o'yinini ko'rishimiz mumkin bo'ladi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика