Transfer. "Everton" futbolchisi "Byornli"ga o'tdi
23 jan 2018 19:30
Yangiliklar


Transfer. "Everton" futbolchisi "Byornli"ga o'tdi
"Byornli" rasmiy sayti "Everton" yarim himoyachisi Aaron Lennon transferi haqida elon qildi.
Hozircha futbolchi borasida kelishuv shartlari va transfer narxi elon qilinmadi.
"Byornli" - men o'tishni istagan jamoa. Debyutni sabrsizlik bilan kutyapman. Bu klub o'smoqda, men esa ularga yordam bermoqchiman.
Avvalgidek menga ko'plab takliflar kelib tushmoqda. Endi 30 yoshga to'ldim va hali yuqori darajada to'p tepishni istayman. So'nggi yil etarli darajada o'yin amaliyotiga ega bo'lmadim, shu sababli iloji boricha tezroq maydonga qaytmoqchiman" - deydi Lennon.
Joriy mavsum Lennon APLning 15ta uchrashuvida maydonga tushdi. Xavbek 2015 yil "Tottenxem"dan "Everton"ga o'tgan edi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar