So’nggi yangiliklar

21:10Агуэро собиқ жамоадошларидан рамзий терма жамоа тузди  0 21:00Факт. "Хоразм" ўз тарихида Наманганда ғалаба қозонмаган   0 20:46Ачербининг ҳикояси фильмга арзийди: у 11 йил олдин саратон касаллигини енгди, энди эса "Интер"ни Чемпионлар Лигаси финалига олиб чиқди  5 20:37Педри: "Марчиняк билан бундай ҳолат илк бор юз бераётгани йўқ. Баҳсли вазиятларнинг барчаси "Интер" фойдасига ҳал қилинди"  8 20:15Аморим МЮ ҳақида: "Бу мавсум сўнгги 50 йилдаги энг ёмони бўлди"  1 20:01Дэвид Бекхэм: "Ҳеч кимни Месси билан таққослаб бўлмайди, лекин Ямал унга энг яқини. Ишонаманки, бир кун у Лео билан тенглаша олади"  12 19:40"Андижон" ва "Сурхон" собиқ устозлари "Шўртан" бош мураббийлигига номзод  6 19:05Ретро футбол. "Нефтчи" - "Саут Чайна" 5:4. Анвар Бердиевнинг покери ва Фарғонадаги ўша қадрдон стадионни ёдга оламиз  24 18:49Давиде Фраттези: "Бу нима эди? Шунчалик баланд овозда бақирганимдан бошим айланиб кетди"  7 18:00Марказий Осиё. "Истиқлол" ва "Аркадағ" пешқадамликка қайтди  0 17:36Ўзбекистон Кубоги 1/8 финалига қачон қуръа ташланади?  2 17:31"Шўртан"га вақтинчалик мураббий тайинланди  5 17:24Расман: Ҳакамлар академияси ўз фаолиятини бошлади  5 16:49Сардор Абдураимов: "Биз учун Суперлигадаги ҳар бир ўйин дарс бўляпти"  0 15:50"Барселона" футболчиси Ачербига тупургани учун 4та ўйингача четлатилиши мумкин  19

Transfer bozorida endi butkul boshqa "Roma"ni ko'ramiz! Yangiliklar

Transfer bozorida endi butkul boshqa "Roma"ni ko'ramiz!

Teglar :  Roma
Yangi sport direktori nima ish qilayotganini yaxshi biladi.

Hech ahamiyat berdingizmi, so'nggi vaqtlarda Italiya jamoalari yulduz o'yinchilarini hech kimga sotmay, o'zida olib qolishga harakat qilmoqda. O'zingiz mulohaza qilib ko'ring: “Inter” SHkrinyarga bildirilgan barcha takliflarni rad etdi, Ikardini ham o'z safida olib qoldi. “Milan” esa Donnarummani sotmay, di va Lukas Paketa va Kshishtof Pentek orqali hujum chizig'ini ancha mustahkamlab oldi.

“Yuventus” esa sal boshqacharoq yo'l tutadi va uning qo'llayotgan strategiyasi yaqqol bilinib turadi: ular klubda qolishni istamagan o'yinchini olib qolmaydilar. SHuningdek, ketadigan o'yinchining o'rniga doim munosib variant izlab topadilar. SHu sababli ham, “byankoneri” yildan-yilga kuchayib bormoqda. Italiya grandlari orasida faqat “Roma” ajralib turadi. O'tgan yili klub bir nechta etakchilarni sotib yubordi – Alisson, Nainggolan va Strotman. SHundan so'ng, “bo'rilar”ning o'yinlari sezilarli darajada yomonlashdi. Undan oldingi yil — Salah va Ryudiger, avvalroq esa Pyanich, Romanoli, Benatiya jamoani tark etgan edi.

Qizig'i shundaki, “Roma” etakchi futbolchilarini sotib yuboraverishiga qaramay, kamdan-kam hollarda transferlardan ijobiy natijaga ko'radi. Boshqa so'z bilan aytganda, etakchilar o'rniga Nzonzi, Pastore, Bruno Peres, Iturbe kabi o'rtamiyona futbolchilar jamoa safiga qo'shiladi. Biroq aynan unchalik qimmatga tushmagan futbolchilar foydaliroq transfer bo'lib chiqmoqda (Ryudiger — 9 million, Alisson – 8, Jeko – v 11).

Ehtimol, “Roma” haqiqatdan ham so'nggi yillarda transfer bozoridagi omadsiz klublardan biriga aylanib qolgandir. Muammoni hattoki, “Sevilya” afsonasi Monchi ham bartaraf etolmadi. U Rimga kelib, “Yuventus”ga munosib raqib bo'la oladigan jamoa shakllantirishi, uning jamoasi Evropa tituli uchun ham kurashishi lozim edi. Ammo oradan ikki yil o'tib uni istefoga chiqarishdi. Endi Rim klubi aynan Italiya futbolini yaxshi biladigan, tushunadigan insonni – Janluka Petrakini ishga oldi. U futbolchi sifatida katta yutuqlarga erishmagan, malum davrda u hatto Jon Terri bilan bir jamoada to'p tepgan. Lekin shu o'tgan vaqt davomida o'rnatilgan aloqalar unga yangi lavozimida as qotishi turgan gap.

U boshchligida “Piza” B Seriyaga qaytdi, jamoaning bosh murabbiyi esa Janpero Ventura. Ha, aytgancha, o'sha jamoaning eng muhim futbolchilaridan biri Alessio CHerchi edi. Keyinchalik hujumchi terma jamoa darajasigacha ko'tariladi. Petraki professional faoliyatida yangi darajaga ko'tarilishi bilanoq, “Piza” yana S Seriyaga tushib ketdi.

Qaxramonimizni “Torino”ga – o'sha vaqtda “Krotone” bilan kelishilgan uchrashuv o'tkazganlikda ayblanayotgan klubga chaqirishadi. Bundan tashqari klubning ishlari u siz ham yurishmayotgan, jamoa A Seriyadan tushib ketgandi. Petraki bir yil faoliyati davomida oyliklarga sarflanayotgan pul ikki barobar kamaytirilishga erishdi, jamoaga esa quyi divizionlardan iqtidorli yoshlarni jamlab mavsumni 5-o'rinda yakunladi, pley-off finaliga qadar etib bordi va “toza” golni bekor qilgan hakam bo'lmaganda, kim biladi deysiz, “Breshiya”ga qarshi o'yin qanday yakunlanardi. 

Jamoa elitaga qaytishiga 3 yil kerak bo'ldi. O'shanda “Torino” safida Kamil Glik, Matteo Darmian va Anjelo Ogbonna ko'pchilik top-klublar etiboriga tushib ulgurgandi. O'shanda klub 42 uchrashuvda bor yo'g'i 28 ta gol o'tkazib yubordi – B Seriyaning o'sha rekordi hamon saqlanib turibdi.

Petraki filosofiyasi – sifatli futbolchini arzon narxga xarid qilish, shu bilan birga u o'yinchi klub uchun to'p tepish ishtiyoqida yonishi kerak. Aynan u CHiro Immobile, Marko Benassi, Nikola Maksimovich, Alessio CHerchi va keyinroq “Roma”ga o'tib ketgan Bruno Peresni hali deyarli hech kim tanimagan vaqtda xarid qilib, keyinroq qimmatga sotishga erishgan. Belotti transferini esa o'quv qo'llanmalarga kiritish mumkin – bor yo'g'i 8 million evro evaziga top-forvard sotib olish.

Tabiiyki, omadsizliklar ham bo'lmagan emas. Lekin ular omadli transferlar bilan “yopilib” ketgan. Mana misol uchun: Ogbonna «Yuve»ga 15 mln evaziga, Immobile – 18 mln evaziga, CHerchi –15, Darmian - 18, Zappakostani esa - 25. Hali hech kim Petraki va yangi bosh murabbiy Paulo Fonseka “Roma”ni ECHL zonasiga qaytarishini aniq deb aytayotgani yo'q. Moliyaviy tomondan sezilarli darajada kuchliroq “Inter”, “Napoli” va “Milan” bilan raqobatlashish oson bo'lmaydi. Biroq yangi sport direktori bilan “Roma” endi transfer bozorida omadsiz bo'lmaydi. Supermarket – bo'lishi mumkin. Lekin “bo'rilar” so'nggi yillardagidek pishib etilgan olmalarni sotgan narxida, chirib, yaroqsiz bo'lib qolganlarini xarid qilmasligi aniq.


Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика