So’nggi yangiliklar

19:22Назорат учрашуви. "Пахтакор" ва "Бунёдкор" жамоалари ўртасидаги ўйин бўлиб ўтмоқда (онлайн ҳисоб)  1 19:00Ўртоқлик ўйини. "Милан" Гонконгда "Ливерпул"ни мағлуб этди  1 18:40"Реал" "Арсенал" билан учрашув учун делегация тайёрламоқда  2 18:15Ўзбекистон U-17 терма жамоасининг "Чертаново"га қарши ўйин учун таркиби маълум  5 17:55Тодоров Тошкентнинг бошқа клубига ўтди  0 17:31Иккинчи даврадан водийдаги ўйинлар ПФЛ сотиб олган янги камераларда трансляция қилинади  6 17:07Отабек Шукуров: "Персеполис" менга таклиф билан чиқди, лекин..."  4 16:42"Андижон" нигериялик ҳужумчи билан шартнома имзолади  17 16:20Ўзбекистон U-18 селекция йиғини учун футболчиларнинг иккинчи қисмини танлаб олди  0 15:53"Қўқон-1912" ва "Нефтчи"да ҳам қарздорлик бор  8 15:29Аброр Исмоиловнинг агенти "Навбаҳор" устидан ОФКга арз қилди  20 14:53Шаҳзод Азмиддинов иккинчи даврани "Андижон"да бошлайди  6 14:48Иккинчи давра стартига бир ҳафта қолди  2 14:34"Интер" ҳужумчи учун 45 млн евро таклиф қилди  0 14:11Шусуке Фуруя: "Саудияга қарши ўйин мен учун биринчиси эди. Ўзбекистонликлар паслар орқали ўйинни яхши назорат қиладиган жамоа"  0

Tojiboev va Xolmurodov G'uzorga kelishdi Yangiliklar

Tojiboev va Xolmurodov G'uzorga kelishdi

O'z qarorgohida tayyorgarlik ko'rayotgan “SHo'rtan” jamoasi futbolchilari 16 yanvar kuni “Nasaf”ning yoshlar tarkibi bilan sinov-nazorat uchrashuvini o'tkazishdi.
Qarshida, “Nasaf” futbol Akademiyasi suniy qoplamali maydonida o'tgan bahsda 1:1 hisobi qayd etildi. G'uzorliklar tomonidan kiritilgan golga Botir Qodirqulov mualliflik qildi. SHu kuni mashg'ulotlarga kelib qo'shilgan Eldor Tojiboev, garchi jamoadoshlari bilan birga bo'lsa-da, maydonga tushirilmadi. Eslatib o'tish joiz, bu tajribali darvozabon o'tgan mavsumning ikkinchi davrasini “SHo'rtan” safida o'tkazgan edi. Tojiboev yangi mavsumni ham g'uzorliklar bilan boshlash niyatida ekanligini malum qildi.   

SHuningdek, o'z vaqtida “SHo'rtan” tarkibida faoliyat ko'rsatgan himoyachi Faxriddin Xolmurodov ham “Oq bo'rilar” mashg'ulotlariga kelib qo'shilgan. Tojiboevdan farqli ravishda, u birinchi kunning o'zidayoq maydonga tushishga ulgurdi.

Endi Muxtor Qurbonov shogirdlari 20 yanvar kuni G'uzorda “Mashal” jamoasiga qarshi yana bir sinov-nazorat uchrashuvini o'tkazishadi va qisqa muddatli tanaffusga chiqishadi. Keyingi bosqich tayyorgarliklari poytaxtga ko'chadi.

“Nasaf” – “SHo'rtan” – 1:1.
“SHo'rtan”:
R.Abdulov (J.Karimov, 72), Z.Raupov (E.Tog'aev, 61), J.Otaqulov (B.To'raev, 61), A.Aliqulov (E.Intizomov, 46), U.Eshmurodov (D.Donaev, 46, F.Xolmurodov, 70), M.Mahmudov (R.Abduvohidov, 50), A.Vostrikov (SH.Xursanov, 46), D.Kamolov (G'.Rahmonov, 46), A.Babaev (O.Karimov, 40, T.Nurullaev, 78), B.Qodirqulov (A.Arslonov, 46), I.Karimov (S.To'raqulov, 50).
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика