Toven "Udineze"ga o'tdi
02 fev 2023 14:48
Yangiliklar
Toven "Udineze"ga o'tdi
"Udineze" yarim himoyachi Florian Toven bilan shartnoma imzolaganini elon qildi.
29 yoshli franciyalik futbolchi bilan 2025 yilgacha mo'ljallangan shartnoma imzolandi.
Toven yanvar oyi oxirida erkin agentga aylandi, chunki "Tigres" mavsum uchun yangi o'yinchi Nikolas Ibanes bilan shartnoma imzolash uchun bitimni bekor qildi.
Franciyalik futbolchi 2021 yildan buyon Meksika klubida o'ynab kelayotgandi: 38 ta o'yin, 8 ta gol va 5 ta golli uzatma.
Avvalroq 2018 yilgi jahon chempioni Franciyada "Grenobl", "Bastiya" va "Marsel" jamoalarida to'p tepgan. U 2015 yildan 2017 yilgacha "Nyukasl"da o'ynagan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Реал Сосьедад"га мағлуб бўлди
ЕЧЛ. "Будё Глимт" ўз уйида "Манчестер Сити"ни ишончли тарзда мағлубиятга учратди. Ҳусанов тўлиқ ўйнади
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" бор аламини "Монако"дан олди
Ҳусниддин Алиқулов учун мавсум якунланди. Футболчи Жаҳон чемпионатида иштирок эта олмайди
Fikrlar