So’nggi yangiliklar

13:03"Лос-Анжелес" Сонга йилига 20 млн доллар таклиф қилди. МЛСда фақат Месси кўпроқ маош олади - 20,45 млн  0 12:35Бруну Фернандеш "Манчестер Юнайтед"да қолади  0 12:08ПСЖ 68 млн евролик трансферни амалга оширмоқда  1 11:32"Реал" ва "Барселона" "Челси" форвардига даъвогарлик қилмоқда  2 10:54Хоразмлик мухлисларга хушхабар. "Хоразм" уйига қайтмоқда  8 10:42ПСЖ футболчисини "Галатасарой"га таклиф қилди  1 10:07"Манчестер Юнайтед" "Барселона" футболчисига 70 миллион евро таклиф қилди  0 09:30Русланбек Жиянов: "Иккинчи таймда ўйинимиз очилди"  2 09:02Жиззахдаги стадион "ёнган" учрашувдан ГАЛEРEЯ  0 08:33Ўртоқлик учрашуви. Ҳусанов майдонга тушган баҳсда "Манчестер Сити" ғалаба қозонди  2 08:04Суперлига. Бугун 16-тур якунланади  2 07:35Лионель Месси жароҳат олди  2 07:05Суперлига. "Бунёдкор" ва "Насаф" сафарда ғалаба қозонди, "Навбаҳор" эса "Динамо" билан дуранг ўйнади  0 06:30Сергей Лушчан: "Омадимиз келиб мағлубиятдан қутулиб қолдик. Жамоанинг 40% йиғиннинг сўнгги кунларида сафимизга келиб қўшилди"  2 03:00Вадим Абрамов: "Агар ўйин натижасини биринчи бўлимдаёқ ҳал қилиб қўйганимизда бундай савол бермаган бўлардингиз"  3

Tottining o'sha mashhur selfisi yodingizdami? Yangiliklar

Tottining o'sha mashhur selfisi yodingizdami?

Franchesko o'sha uchrashuvdagi voqealar haqida aytib berdi.

Bundan to'rt yil avval, yani 2015 yil 11 yanvar sanasi "Lacio"ga qarshi Rim derbisidagi to'qnashuv. 

"Birinchi bo'limda men juda yomon o'ynadim, xuddi shunday tarifni butun jamoamizning o'yiniga bersak bo'ladi. Natijada, birinchi bo'limdan so'ng – "Lacio" 2:0 hisobida oldinda borardi. Agar Garsiya meni almashtirganda, unga bir og'iz etiroz bildirmasdim.  

Lekin Rudi va yordamchisi Fred birgalikda men bilan suhbatlashishga qaror qilishdi. O'yin rejasi, kim qaysi vaziyatda qaerga yugurishi aks etgan chizmada, faqatgina 10-raqamning "strelkalari" yo'q edi. "Jarima maydonidan chiqma, Franchesko, – dedi murabbiy. – Maydon bo'ylab yugurib yurishga kuching etmaydi, ammo jarima maydoni ichida sen nimadir qila olasan. To'pni qidirma, uni senga etkazib berishsin".

Bu ko'maklashish haqidagi gap, lekin shu bilan birga menga katta masuliyat yuklardi. Kiyinish xonasidan chiqib kelib, maydonga tushdim va darvozabonlar murabbiyi Gvido Nanniga imo qilib, reja haqida malum qildim.

Strootman to'pni havodan etkazib bergach, tezkor gol urishga muvaffaq bo'ldim. "Lacio" himoyasi meni ko'zdan qochirdi, hech kim men uzoq burchakda, Raduning ortida yolg'iz qolib ketganimni sezmay qoldi. Eng qizig'i, oradan 15 daqiqa o'tgach, vaziyat xuddiki takrorlandi. Bu safar to'pni Xolebas oshirib berdi va Cana va Raduning o'rtasida turganimda to'pga etish, hamda zarba berish uchun yiqilayotib zarba berishimga to'g'ri keldi. Oson bo'lmagandi. Keling, ochiqchasiga aytay, juda murakkab gol! Bunday holatda zarba berishni futbol maktablarida o'rgatishmaydi, bunda koordinaciyani saqlab qolish juda muhim.

Birinchi gol meni Rim derbisi tarixida to'purarlar poygasining birinchi pog'onasiga olib chiqdi. Ikkinchisi - xayrlashuv goli bo'ldi.

Bu mening Rim derbisidagi so'nggi golim edi. Men tomon yugurayotgan Gvidoga ko'zim tushdi, u rasmga tushish dasturiga kirib qo'yilgan telefon bilan yugurayotgan. Kurva Sud ("Roma" muxlislari guruhi nomi) aqldan ozayotgandi, hozir muxlislar yugurish yo'laklariga tushib ketadigandek edi. Men ularni kadrga oldim va uning bir chetida o'zim ham aks ettim, tabassum qilishimni kimdir kelib iltimos qilishiga hojat qolmadi. Klac va surat tayyor", - Totti.

Franchesko Totti o'sha mashhur selfiga tushganiga 4 yil bo'ldi.


Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +25   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика