Totti: "Yuventus" raqobatdan tashqarida"
05 sen 2018 18:14
Yangiliklar
Totti: "Yuventus" raqobatdan tashqarida"
"Roma" sobiq futbolchisi Franchesko Totti "bo'rilar"ning joriy mavsum A Seriyadagi o'yini haqida fikr bildirdi.
"Roma" mavsumni bunday boshlashini hech kim kutmagan edi. Bu biz uchun omadsiz davr, ammo aybdorlarni qidirmasligimiz kerak. A Seriyaning barcha jamoalari qiyinchiliklarga uchrashdi, "Yuventus"dan tashqari, ular raqobatdan tashqarida. Di Franchesko - eng yaxshi mutaxassislardan biri va buni vaqt o'tishi bilan isbotlaydi. U inqirozdan qanday chiqishni biladi, biroq bizga muxlislarning qo'llab-quvvatlashi kerak bo'ladi.
Mavsumdagi maqsadimiz - kuchli to'rtlikka kirib, CHempionlar ligasi guruh bosqichini muvaffaqiyatli yakunlash" - deydi Totti.
"Roma" A Seriyaning 3-turidan so'ng turnir jadvalida 4 ochko bilan 6-o'rinni egallab turibdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Осиё чемпионига айланган U-17 терма жамоасининг 5 нафар футболчиси "Андижон"да!
Сергеев келажаги бўйича бир қарорга келди
Черан "Андижон" таклифини рад этди ва бошқа бир жамоага ўтмоқда
Роналду нима учун овоз бермади? Португалия сардори FIFA The Best маросимини ўтказиб юборди
Fikrlar