So’nggi yangiliklar

16:23Расман: "Сурхон" ўсмирлар ўртасида Евро чемпиони бўлган футболчи билан шартнома тузди  3 15:55Испания ОТЖ футболчилари: "Токио-2020дан тугалланмаган ишимиз бор. Мақсадимиз - олтин медал"  5 15:31"Парк де Пренс" стадиони Ўзбекистон - Испания баҳсига шай  7 15:16"Навбаҳор" Сардор Рашидов билан келишувга эришди  13 15:11Эксклюзив! Тимур Кападзе: "Мақсадимиз бор ва унга қараб интиламиз"  10 14:47Ўзбекистон U-23 терма жамоаси бош мураббийи ва футболчилари дастхати қўйилган тўпни ютиб олинг  3 14:42ОЛИМПИАДАГАЧА. Акром Комилов: "Испания индивидуал кучли, лекин ўзбекистонлик йигитлар ҳеч кимдан қолишмайди"  2 14:07"Ливерпуль" етакчиси жамоада қолмоқчи  1 13:38ОЛИМПИАДАГАЧА. Испания ОТЖ ҳақида нималарни билишимиз керак ёхуд "Қизил фурия" билан танишамиз  6 13:03Месси кесма паслар бўйича Топ-5 нинг охирги 2 мавсумида етакчи. Лео ПСЖни бир йил олдин тарк этган  13 12:25Гвардиола: "У қарор қабул қилиши керак"  3 11:42Эшитдик-да! "Олимпик"нинг яна бир футболчиси Суперлиганинг бошқа клубига ўтмоқда  7 11:05«Реал Мадрид» яна бир фахрий ҳимоячини текинга қўлга киритиши мумкин  5 10:29Нега Тимур Кападзенинг Испанияга қарши ўйин олди ташкил этилган матбуот анжуманидаги фикрлари ҳеч бир ўзбек ОАВсида чиқмади?  42 09:57АS нашри Испания ОТЖнинг бугунги учрашув учун тахминий таркибини эълон қилди  23

Totti orzusidan voz kechdi va "Roma"dan ketishga qaror qildi Yangiliklar

Totti orzusidan voz kechdi va "Roma"dan ketishga qaror qildi

Texnik direktor bo'lish uning orzularidan biri edi. Ammo, lekin, biroq...

2017 yil 28 may kuni Franchesko Totti "Roma" safidagi oxirgi o'yinini o'tkazdi. O'shanda Rim klubi "Jenoa" ustidan 3:2 hisob bilan g'alaba qozongan, stadionga esa 50 mingdan ortiq muxlis kelgan edi. Totti bilan xayrlashish uchun hattoki, "Lacio" ishqibozlari ham tashrif buyurgandi: uzoq yillik munosib faoliyatini tinimsiz qarsaklar bilan olqishlashgan edi.

Albatta, Tottiga klubda lavozim taklif qilinishi "Roma" rahbariyati uchun to'g'ri qadam bo'lgan bo'lardi. 2017 yil iyulda u futbolchilik faoliyatini yakunlaganini rasman elon qildi. Tahminan o'sha paytdan boshlab CHesko jamoa tizimining direktorlardan biri lavozimida ishlab kelayotgandi. O'sha vaqtdan uning "Roma"dagi eng yoqimsiz va muvaffaqiyatsiz davri boshlangan.

Hech kim Tottiga quloq solmadi, prezident maslahatchisi esa doim unga qarshi chiqardi

Birinchidan, Totti uncha yaxshi bo'lmagan davrda jamoaga keldi. Bu ayniqsa, shu mavsumda juda sezildi. U o'tgan yozda Monchi sport direktori lavozimida qolishiga erishdi. Lekin bahorda esa Jeyms Palotta ispaniyalikni ishdan bo'shatdi. Bu Tottiga qarshi birinchi zarba bo'ldi. Ikkinchidan, Francheskoning Palottaga ko'plab savollari bor edi. Xususan, jamoa boshqaruvi hamda klubda uning roli bilan bog'liq masalalar haqida kelishib olishi zarur edi.

Totti bilan ikki yillik boshqaruv davrida ko'plab noxush ko'ngilsizliklar yuz berdi. Eng asosiylari quyidagilar:

1. May oxirida "La Repubblica" nashri juda qiziq tadqiqot o'tkazdi. Jurnalistlar Karlo Bonini va Marko Mensuratining malumotlariga qaraganda, "Roma" etakchilari Edin Jeko, Daniele De Rossi va Kostas Manolas kiyinish xonasida Monchi, Di Franchesko va Totti haqida juda yomon gaplar aytishgan emish. Gap-so'zlarga qaraganda, uch rahbarning jamoadagi "hukmronligi" haddan ziyod yuqori ekan va klubni pastga qarab tortishayotgan emish.

Monchi, Di Franchesko va Totti bu maqolaga izoh berishni istashmadi. Manolas va Jeko – ham. Ammo Daniele De Rossi yolg'on xabar tarqatganlari uchun Bonini va Mensuratini sudga berishini takidlagan edi. De Rossi jamoadan ketishida klub bosslarining hech qanday aloqasi yo'q ekanini alohida takidlagan: "Mening ketishimni "buzib" ko'rsatgan ushbu maqola, menga klubda yaqinda juda muhim vazifani topshirishmoqchi bo'lganini hisobga oladigan bo'lsak, yanada ahmoqona bo'lib ko'rinadi. Klubdan taklif bildirilishi men uchun sharaf, lekin oilaviy sabablar tufayli uni rad etishga qaror qildim. SHunday ekan, "La Repubblica"dagi maqola – yolg'on".

Totti De Rossi bilan xayrlashib, instagramdagi sahifasiga post yozib qoldirdi: "Bugun qayg'uli kun. O'tgan yillar mobaynida turli kunlarni boshdan o'tkazdik, ko'p narsani birgalikda engib o'tdik va birga ulg'aydik. Ammo ertami-kechmi, shu kun kelishini bilar edik. Barcha ishlaringda omad tilayman. Hammasi yaxshi bo'lishiga ishonchim komil. Seni yaxshi ko'raman, Dani".


2. "La Gazzetta dello Sport" xabar berishicha, dushanba kuni Totti "Roma"dan ketishini elon qiladi. Bunga asosiy sabab, CHesko jamoa rivojida qo'llanilmoqchi bo'lgan yo'nalishlarga umuman rozi emas. Tottining fikricha, "Roma" sport direktori lavozimida Riki Masarani qoldirish kerak, bosh murabbiy etib esa Gattuzo (u bilan munosabatlari juda yaxshi) yoki Sinisha Mixaylovich tayinlanishi lozim edi. Jeyms Palottaning maslahatchisi Franko Baldini esa Tottini eshitib ham o'tirmadi. Sport direktori — Janluka Petraki, bosh murabbiy lavozimiga — Paulo Fonsekani tayinlashdi (bu Baldinining qarori). "GdS" malumotlariga qaraganda, bundan Tottining juda jahli chiqqan.

3. Totti ancha vaqtdan beri "Roma"ning texnik direktori bo'lishni orzu qilar edi. U Ranerining qaytishida faol ishtirok etdi, De Rossi "Roma"dan ketishini rasman malum qilganidan keyin Palottadan o'yinchini rahbariyat shtabiga ishga olinishini so'radi.

Totti texnik direktor lavozimiga saylanishiga Baldini tish-tirnog'i bilan qarshilik qildi. Uning fikricha, agar Franchesko murabbiylardan yuqori lavozimda bo'lsa, ularga zulm o'tkaza boshlar emish. SHu sababli, Palotta javob berishni cho'zib yurdi. Ammo bari hal bo'lib, Tottiga bu masuliyatli vazifani topshirmoqchi bo'lishganida, u taklifni rad etdi va klubdan ketishini aytdi.

Totti endi nima qiladi?

Hali aniq bir narsa deyish qiyin. U bir yillik tatil olib, murabbiylik bo'yicha o'qishni davom ettiradi va kelajagi haqida obdon o'ylab ko'radi. O'zingizga malum, u Evro-2020da Rim elchisi hisoblanadi. SHunday ekan, tez orada millionlab turli reklama roliklari va akciyalarda suratga tushishni boshlab yuboradi.

Totti-funkcioner: "Sampdoriya" prezidenti Massimo Ferrero hazilomuz tarzda shunday degan edi: "Totti va De Rossi? Ha, "Doriya"ga kelinglar! Biz bundan faqat xursand bo'lamiz".

Totti-murabbiy: bu biroz muammoli holat. Sababi, Italiya jamoalari tajribasiz murabbiyga "boshpana" berishdan uzoqroq yurishadi. Totti orzu qilayotgan yagona variantga ("Roma") klub prezidenti Palotta quyidagicha javob bergan: "Bizda nisbatan yaxshiroq o'ynagan futbolchi "Roma" bosh murabbiyi bo'lishi mumkinmi? Xmm, qiyin savol. Ochig'ini aytsam, yo'q! Maydondagi o'yin – bu boshqa masala. Biroq nomzod-murabbiy bilan shartnoma imzolashdan avval, u nimaga qodirligi va qanchalik munosib ekanini isbotlay olishi shart".


Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +15   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика