So’nggi yangiliklar

02:44Клублар ўртасидаги ЖЧ. “Боруссия Д” “Ульсан” устидан ғалаба қозониб, гуруҳ пешқадами сифатида кейинги босқичга йўл олди  0 00:45"Арсенал" Партининг ўрнига "Брентфорд" футболчисин сотиб олади  0 00:26"Атлетик" Испания футбол федерацияси ва Ла Лигадан Уильямснинг "Барса"га ўтишига йўл қўймасликни сўрамоқчи  0 23:46Михаил Еремчук: "Футболда ҳар доим ютиш яхши"  3 23:24"Андижон" ОЧЛ 2да кимлар билан ўйнайди?  6 23:01Миржалол Қосимов: "Яна ёш болаларча хатога йўл қўйдик"  7 22:26Роналду "Ал Насср" билан шартномасини узайтиради (Фабрицио Романо)  2 22:01Мбаппе умумий гуруҳ машғулотларига қайтди. У "Зальцбург"га қарши ўйнаши мумкин  0 21:35Ўзбекистон Кубоги. "Бухоро" Олмалиқда ОКМКни мағлубиятга учратиб, чорак финалга йўл олди!  27 21:05"Арсенал" Гёкереш бўйича янги таклиф тайёрламоқда. "Спортинг" камида 80 миллион евро сўрамоқда  7 20:37Альваро Мората Италияга қайтади  2 19:53Де ла Фуэнте тақвим ҳақида: "Иккиюзламачилик бўлмаслиги керак"  4 19:38"Андижон"га қарши ўйинда "Қизилқум"нинг голи ўғирландими? Суперлиганинг 13-туридаги ҳакамлик фаолияти таҳлили  4 19:13Шота Арвеладзе собиқ клубига қайтди  0 18:38"Олтин тўп" эгаси КЧЖни кузатмаяпти: "Барселона" ўйнамаяпти. Шундай экан... нимага уни кўриш керак?  6

"Tottenxem"ning yangi stadioni haqida (FOTO+Video) Yangiliklar

"Tottenxem"ning yangi stadioni haqida (FOTO+Video)

Teglar :  APLTottenxem
Futbol - juda katta foyda olib keluvchi o'yin, boshqacharoq aytadigan bo'lsak, biznes.

Bugungi kunda dunyoning etakchi klublari turli xil yo'llar bilan daromad manbalarini ko'paytirib borishmoqda. Klub daromadini oshiruvchi yo'llardan biri jamoa stadioni sig'imini oshirishdir. Londonning "Tottenxem" jamoasi yangi stadion qurishni qo'shimcha foyda uchun navbatdagi qadam sifatida tashladi. "SHporlar"ning ayni paytdagi uy arenalari hisoblangan "Uayt Xart Leyn" 36310 nafar muxlisni o'z bag'riga sig'dira oladi. Yangi qurilayotgan inshoot esa 61461 muxlisga mo'ljallangan. Qurilish ishlari allaqachon boshlab yuborilgan.

2015 yilning iyul oyida "Tottenxem" Amerika futbol ligasi (NFL) bilan 10 yillik shartnoma tuzgani borasida rasman elon qildi. Ushbu shartnomaning asosiy bandlaridan birida har yili NFLning ikkita o'yini "Tottenxem"ning yangi stadionida o'tkazilishi ko'rsatilgan. Ha, londonliklarning yangi arenalari futbol va amerika futboli uchrashuvlari uchun mo'ljallangan bo'ladi. Demak, 2018 yildan boshlab 10 yil davomida ushbu maydonda NFLning 20ta uchrashuvi o'tkaziladi.



Daniel Levi ("Tottenxem" kengashi raisi): "Bizda ikkita maydon bo'ladi. Suniy qoplamali maydon NFL o'yinlari uchun, tabiiy chimli maydon esa futbol bellashuvlariga moslanadi. Bu holat bizni bir qator ortiqcha muammolardan qutqaradi. Albatta, qurilish futbol uchrashuvlarini o'tkazish sharoitlarini yomonlashtirmaydi".

Ushbu loyixa uchun tumanda 3 yarim ming ish joyi tashkil etildi. Stadionning qurilishiga 450 million funt sterling atrofida mablag' sarflanishi ko'zda tutilgan. Lekin, qator qo'shimcha harajatlarni ham qo'shsa, arena 750 million funtga tushishi mumkin.

Ko'rib turganingizdek, London klubi uchun hammasi ajoyib tarzda davom etmoqda. Lekin, bu jarayon bosh murabbiy Maurisio Pochettinoni biroz havotirga solib qo'ydi.

Maurisio Pochettino ("Tottenxem" bosh murabbiyi): "Bu haqiqat, stadion qurilishi bizning yangi futbolchilarni sotib olish imkoniyatlarimizni cheklab qo'yadi. Bunday holatda, "Manchester Yunayted", "CHelsi", "Manchester Siti", "Arsenal", "Liverpul" kabi jamoalar bizga nisbatan ustunlikka ega bo'lishadi. Lekin, bu boshqa tarix. Etakchi klublar bilan raqobatbardosh holatda qolishimiz uchun aqlli qaror qabul qilishimiz zarur".

"Tottenxem" yangi stadionga 2018 yilda ko'chib o'tadi, 2017-2018 yilgi mavsumni klub "Uayt Xart Leyn"da emas boshqa stadionda o'tkazadi.

"Tottenxem" yangi stadionining 3D maketi

TAS-IX


Yangi stadionda tribuna ostiga kirib ketadigan harakatlanuvchi maydon bo'ladi. Uning ishlash principi:

 

Yangi stadion qurilish ishlarining ketma-ketligi:

2015 yil, Mart:

2016 yil, iyul:




Xorij manbalari asosida Tolibjon Qosimov tayyorladi

Reyting: +24   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика