"Tottenxem"ning yangi stadioni "Emireyts"dan ko'proq muxlis sig'diradi
06 mar 2018 11:56
Yangiliklar


"Tottenxem"ning yangi stadioni "Emireyts"dan ko'proq muxlis sig'diradi
"Tottenxem" klubining qurilayotgan stadiondagi muxlislar uchun o'rindiqlar sonini 62,062taga etkazilish iltimosi qanoatlantirildi.
Avvaliga yangi stadionning sig'imi 61,559 kishiga moslangan edi, biroq "shporlar" mahalliy hukumatga murojaat qilib, arenaga yana 503ta o'rindiq o'rnatishni so'radi va bunga ruxsat berildi.
SHunday qilib, "Tottenxem"ning yangi stadioni "Arsenal"ning "Emireyts" arenasida ko'proq muxlis sig'dira oladi. "To'pchilar" stadionida bir vaqtning o'zida 59,867 kishi futbol tomosha qilishi mumkin. Londondagi eng ko'p o'rindiqqa ega klub arenasi "Vest Xem"da (66,000).
Avvaliga "Tottenxem"ning arenasi 400 mln. funtga baholangan edi, biroq keyinroq stadion uchun sarflanadigan mablag' miqdori 1 mlrd. funtga etdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar