"Tottenxem"ning bir necha o'yinchilari Mourinyudan norozi
16 fev 2021 10:47
Yangiliklar


"Tottenxem"ning bir necha o'yinchilari Mourinyudan norozi
"Tottenxem" klubining bir nechta futbolchilari jamoa bosh murabbiyi Joze Mourinyuning ishidan norozi bo'lishmoqda.
O'yinchilarga portugaliyalik mutaxassisning yarim himoyachilar Dele Alli va Garet Beylga munosabati yoqmayapti. Oldinroq Mourinyu ikki futbolchini tanqid qilgan edi.
Ammo klub rahbariyati joriy mavsumdagi muvaffaqiyatsiz ishtirokka qaramay mutaxassisni istefoga chiqarishni rejalashtirmayapti.
"Tottenxem" so'nggi 5ta o'yinda 4 bor mag'lub bo'ldi. Londonliklar jadvalda 9-o'rinda borishmoqda.
O’xshash yangiliklar
22:04
APL. "Arsenal" kutilmaganda o'z maydonida mag'lub bo'ldi, "Tottenxem" esa mehmonda 4ta gol urdi 25

Fikrlar