"Tottenxem"ga kovid sabab KL doirasidagi "Renn"ga qarshi qoldirilgan o'yin uchun texnik mag'lubiyat yozildi. "SHporlar" musobaqani tark etishdi
20 dek 2021 15:22
Yangiliklar
"Tottenxem"ga kovid sabab KL doirasidagi "Renn"ga qarshi qoldirilgan o'yin uchun texnik mag'lubiyat yozildi. "SHporlar" musobaqani tark etishdi
UEFA Konferenciyalar ligasi guruh bosqich 6-turidan o'rin olgan "Tottenxem" - "Renn" o'yini bo'yicha qaror qabul qildi.
Bahs London klubidagi COVID-19 bilan bog'liq holat sabab o'tkazilmadi.
Tashkilot o'yin "shporlar"ning aybi bilan bo'lib o'tmagan deb qaror qildi va "Tottenxem"ga 0:3 hisobidagi texnik mag'lubiyatni yozdi.
SHunday ekan, "Renn" Konferenciyalar Ligasida 14 ochko bilan birinchi o'rinni egalladi, "Vitess" esa 10 ochko bilan ikkinchi. "Tottenxem"da esa 7 ochko qoldi va London klubi uchinchi o'rin bilan turnirni tark etdi.
Fikrlar