So’nggi yangiliklar

22:08Гвардиола де Брюйнени "Сити"даги келажаги ҳақида гапирди  0 21:46Амирбек Бакаев Беларуснинг бошқа бир клубига ўтди  1 21:15"Машъал" ганалик ҳимоячини ўз сафига қўшиб олди  2 20:48"Навбаҳор" беш нафар футболчиси билан шартномани узайтирди  1 20:27Доменико кетди, Тибо қайтмоқда  0 20:02Элдор Шомуродов – А Серия 26-тур рамзий терма жамоасига киритилди  8 19:42Федерико Вальверде жароҳат туфайли кубок ярим финалида майдонга туша олмайди  2 19:10"Аҳмоқона тақвимни инобатга олсак, ишларимиз жуда яхши кетмоқда"  8 18:45"Манчестер Сити" ёзда МЮ қизиққан дарвозабонни сотиб олмоқчи  2 18:17Гвардиола Абдуқодир Ҳусановни мақтади  25 17:48"Милан" ЕЧЛга чиқа олмаса, етакчилар клубни тарк этади   3 16:58Расман: Френсис Нарх ва Достонбек Турсунов "Хоразм" сафига қўшилди!  9 16:33"ЦСКАнинг янги базаси — Европа стандартлари аналоги"  1 16:07ЎФА "Навбаҳор"дан трансфер тақиқини олиб ташлади. Клуб қарзларини 29 мартгача ёпмаса ОФК лицензиясини ололмайди  8 15:49"Қизилқум" Грузия клубини йирик ҳисобда таслим қилди  0

"Tottenxem" Zanologa davogar Yangiliklar

"Tottenxem" Zanologa davogar

Angliyaning "Tottenxem" klubi shu oyda "Roma" yulduzi Nikolo Zanoloni qo'lga kiritishga harakat qiladi.

23 yoshli hujumkor yarim himoyachi 2018 yilda Milanning "Inter" klubidan Italiya poytaxtiga ko'chib o'tdi va o'shandan buyon A Seriyada deyarli 100 ta o'yinda maydonga tushdi. Uning Joze Mourinyu boshqaruvidagi jamoadagi holati o'z tarafdorlari tomonidan masxara qilinganidan keyin katta so'roq ostida qoldi. Bu Italiya Kubogi doirasidagi "Jenoa"ga qarshi kechgan o'yin (1:0)da sodir bo'ldi.

Transferlar bo'yicha ekspert Alfredo Pedullaning tezkor hisobotiga ko'ra, bunga guvoh bo'lgan "shporlar" yanvar oyi oxirida Italiya terma jamoasi vakilini qo'lga kiritish uchun tayyorgarlikka kirishdi. Mamlakatning ko'plab klublari ham bunday vaziyatdan foydalanib qolmoqchi. Ingliz klubi Zanolo uchun yurishni mavsum oxirida qilishdan manfaatdor. Bu Premer-liga klubiga katta ustunlik beradi. Zanoloning "Olimpiko" egalari bilan shartnomasi 2024 yilgacha mo'ljallangan. Bitim muddatini uzaytirish bo'yicha muzokaralar allaqachon o'tkazilgan, biroq bu hech qancha oldinga siljimadi.

Nikolo Zanologa "Tottenxem"dan tashqari "Vest Xem" va "Nottingem Forest" klublari ham qiziqmoqda. "Roma"da taxminan 44 mln funtga baholangan futbolchining kelishuvi tugashi muddati yaqinlashgani uchun 26 mln funtgacha narx belgilandi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика