“Tottenxem” tez orada Son bilan shartnomani uzaytiradi
15 dek 2020 20:45
Yangiliklar


“Tottenxem” tez orada Son bilan shartnomani uzaytiradi
“SHporlar” vingeri Son Xyon Min bugun J.Koreyaning 2020 yildagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
Jurnalist Fabricio Romano manbasiga ko'ra, “Tottenxem” futbolchi bilan kelishuvni 2025 yilga qadar uzaytirishga yaqin. Uning amaldagi shartnomasi esa 2023 yil yozida tugaydi.
28 yoshli futbolchi 2015 yil “Bayer”dan “Tumanli Albion”ga ko'chib o'tgan. U joriy mavsum APLda 12 o'yinda maydonga tushib, 10+4 natija ko'rsatib turibdi.
O’xshash yangiliklar
04:01
Pep Gvardiola "Tottenxem"ga qarshi o'yindan keyin Husanov haqida juda iliq fikrlar bildirdi 34

Fikrlar