"Tottenxem" "Sevilya"ning 20 yoshli ispan futbolchisi uchun deyarli 30 mln evro va Lamelani berishga tayyor
21 iyu 2021 10:13
Yangiliklar
"Tottenxem" "Sevilya"ning 20 yoshli ispan futbolchisi uchun deyarli 30 mln evro va Lamelani berishga tayyor
"Sevilya" hujumchisi Brian Xil "Tottenxem"ga o'tishga yaqin.
"SHporlar" 20 yoshli ispaniyalik futbolchi uchun 21,6 million funt (deyarli 30 mln evro) to'lashga va bitimga Erik Lamelani qo'shishga tayyor.
Tomonlar kelishuvga yaqinlar. Agar bitim amalga oshsa, Lamela "Sevilya" bilan uch yillik shartnoma imzolaydi.
Xil 2020/21 yilgi mavsum "Eybar"da ijara asosida o'ynadi. Futbolchi 30ta o'yinda maydonga tushib, 4ta gol va 4ta assist qayd etdi.
Fikrlar