“Tottenxem” safardagi eng yirik g'alabasiga erishdi
05 jan 2019 08:47
Yangiliklar


“Tottenxem” safardagi eng yirik g'alabasiga erishdi
“SHporlar” Angliya kubogi 1/32 finali doiraisida “Tranmer Rovers”ni safarda 7:0 hisobida mag'lub etdi.
Bu “Tottenxem” tarixiga safarda qo'lga kiritilgan eng yirik hisobdagi g'alaba sifatida kirdi. Klubga 1882 yilda asos solingan. Jamoa shu vaqtga qadar birorta rasmiy safar o'yinida 7 ta gol urib g'alaba qozonmagan edi.
“Tottenxem” uydagi eng yirik g'alabalari esa “Kryu” (13:2, 1962 yil fevrali) va “Uigan” (9:1, 2009 yil) ustidan qo'lga kiritilgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar