"Tottenxem" Ronaldu uchun APL klublari orasidagi eng qulay raqib
30 okt 2021 22:53
Yangiliklar
"Tottenxem" Ronaldu uchun APL klublari orasidagi eng qulay raqib
Krishtianu Ronaldu "Tottenxem" darvozasini ishg'ol qilishni yaxshi ko'radi.
"Manchester Yunayted" va "Tottenxem" jamoalari o'rtasidagi o'yinning 39-daqiqasida Krishtianu Ronaldu "shporlar" darvozasiga ajoyib gol urdi. Ushbu gol Ronaldu uchun "Tottenxem" darvozasiga urilgan 11-gol bo'ldi. Bu Ronalduning boshqa istalgan APL klubiga qarshi urgan gollaridan ko'proqdir. Bundan tashqari, Ronaldu "Tottenxem"ga qarshi ketma-ket oltinchi o'yinda gol urishga erishmoqda.
Fikrlar