"Tottenxem" o'ziga gol urgan va "Yuventus"ni ECHLdan chiqarib yuborgan "Ayaks" futbolchisiga qiziqmoqda
06 may 2019 15:52
Yangiliklar


"Tottenxem" o'ziga gol urgan va "Yuventus"ni ECHLdan chiqarib yuborgan "Ayaks" futbolchisiga qiziqmoqda
"Ayaks" yarim himoyachisi Donni van de Bek faoliyatini Angliyada davom ettirishi mumkin.
"Daily Mail" nao'rining malumot berishicha, 22 yoshli futbolchini "Tottenxem" kuzatmoqda. "SHporlar" unga Kristian Eriksenga o'rinbosar sifatida qarashmoqda. Daniyalik yozda jamoani tark etishi mumkin.
Gollandiyalikka "Bavariya" va "Borussiya" (Dordmund) ham qiziqish bildirmoqda.
Xabar qilinishicha, o'yinchi ingliz klubiga o'tadigan bo'lsa transfer summasi 45 million funtni tashkil etishi mumkin.
Eslatib o'tamiz, van de Bek ECHL yarim final birinchi o'yinida "Tottenxem" darvozasiga yagona g'alaba to'pini kiritgandi. Bundan tashqari, aynan Donni CHempionlar ligasi chorak finali javob uchrashuvida Turinda "Yuventus" darvozasiga gol urgan edi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar