"Tottenxem" Keynning o'rniga o'rinbosar topib qo'ydi
12 jan 2020 18:45
Yangiliklar
"Tottenxem" Keynning o'rniga o'rinbosar topib qo'ydi
"Tottenxem" rahbariyati jarohat olib, aprel oyigacha safdan chiqqan Xarri Keynning o'rniga o'rinbosar topib qo'ydi.
"La Gazzetta dello Sport" xabariga ko'ra, o'tgan yozda erkin agent sifatida "Tottenxem"dan "Napoli"ga o'tgan 34 yoshli Fernando Lorente "shporlar"ga qaytishi mumkin. "Tottenxem" ushbu mavsum yakuniga qadar futbolchini ijaraga olishni rejalashtirmoqda.
Ushbu mavsumda Lorente A Seriyaning 15 o'yinida 3 gol urib, 1 golga assist bo'ldi.
Fikrlar