"Tottenxem" Keynni saqlab olish uchun har qanday ishga tayyor
20 apr 2022 22:25
Yangiliklar
"Tottenxem" Keynni saqlab olish uchun har qanday ishga tayyor
Londonning "Tottenxem" klubi o'z tarixidagi eng yaxshi to'purar Xarri Keyn bilan xayrlashmoqchi emas.
Fabricio Romanoning ijtimoiy tarmoqlarda yozishicha, "shporlar" ingliz futbolchisini jamoada saqlab qolish uchun har qanday imkoniyatni ishga solishga tayyor.
Manbaning xabariga ko'ra, Keynni saqlab qolish "Tottenxem" bosh murabbiyi Antonio Kontening asosiy talabi bo'lib, u kelgusi mavsumlarda klubning etakchilik ambiciyalarini kuchaytirishga bel bog'lagan. Aynan Konte va sport direktori Fabio Paratichi tufayli Keyn klubning rejalariga amin bo'la boshladi.
Eslatib o'tamiz, "Tottenxem" so'nggi 5 o'yinda 4 ta g'alabaga erishdi. Unda "shporlar" 14 ta gol urib, o'z darvozasidan atigi 3 ta gol o'tkazib yuborgan.
Fikrlar