"Tottenxem" Gattuzoga qiziqmoqda
21 may 2021 10:41
Yangiliklar
"Tottenxem" Gattuzoga qiziqmoqda
"Tottenxem" bosh murabbiylik uchun davogarlar ro'yxatiga Jennaro Gattuzoni qo'shishdi.
"SHporlar" prezidenti Deniel Levi "Napoli"ning ko'plab o'yinlarini kuzatdi, shuningdek Gattuzoning ishini ham diqqat bilan o'rgandi.
Unga neapolliklarning o'yinlari yoqdi, "Milan" va "Roma"ga qarshi o'yinlarda esa jamoaning g'oyalari unga manzur keldi.
Gattuzoning "Napoli" bilan tuzgan shartnomasi joriy mavsumning so'nggiga qadar mo'ljallangan, shu sabab "Tottenxem" u bilan cheklovlarsiz shartnoma imzolashi mumkin.
Fikrlar