"Tottenxem" bilan o'yindan oldin "Yunayted"ning nohush statistikasi
12 jan 2019 13:13
Yangiliklar


"Tottenxem" bilan o'yindan oldin "Yunayted"ning nohush statistikasi
Ertaga, 13 yanvar kuni APLning 22-turi doirasida "Tottenxem" - "Manchester Yunayted" uchrashuvi o'tkaziladi.
Mankunianliklar Londonda "Tottenxem" maydonida so'nggi marta g'alaba qozonganida 2012 yilning mart oyi bo'lgan. Eshli Yang dubl qayd etgan bahsda "Yunayted" 3:1 hisobida g'alabaga erishgandi.
Hozirda "Yunayted" APLning 6-jamoasi bo'lib turibdi. "SHporlar" esa 3-o'rinda. Tomonlarning birinchi davradagi bahsida mehmonlar 3:0 hisobida g'alaba qozongandi.
Agarda "Yunayted" g'alaba qozonadigan bo'lsa, Ole-Gunnar Sulsher klub rekordini o'rnatadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar