"Tottenxem" Alli bo'yicha PSJ bilan kelisha olmayapti
03 okt 2020 11:03
Yangiliklar


"Tottenxem" Alli bo'yicha PSJ bilan kelisha olmayapti
"Tottenxem" PSJning yarim himoyachi Dele Alli bo'yicha bergan taklifiga rad javobini berdi.
24 yoshli angliyalik futbolchi bir mavsum uchun 4 million funt miqdorida maosh oladi, ammo "shporlar"ni bu taklif qanoatlantirmaydi.
Allining shartnomasi 2024 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. U "shporlar" tarkibida 2015 yilning yozidan beri 220tadan ortiq o'yin o'tkazib, 62ta gol va 55ta assist qayd etdi.
Futbolchi joriy mavsum barcha musobaqalarda 7ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol urishga erishdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar