"Tottenxem" afrikalik futbolchini xarid qilishi mumkin
15 jan 2020 12:20
Yangiliklar
"Tottenxem" afrikalik futbolchini xarid qilishi mumkin
"Portu" forvardi Ze Luish Angliyaning "Tottenxem" jamoasiga o'tishi mumkin.
"SHporlar" 28 yoshli hujumchini sotib olish huquqi bilan ijaraga olishni xohlamoqda.
Bunga sabab London jamoasining asosiy bombardiri Xarri Keynning bir necha oyga safdan chiqqanidir.
Eslatib o'tamiz, Kabo-Verde terma jamoasi o'yinchisi o'z vaqtida "Spartak" (Moskva"), "Videoton", "Braga" va "Jil Visente" jamoalari sharafini himoya qilgan.
Fikrlar