So’nggi yangiliklar

03:10АПЛ. "Лидс" кетма-кет тўртинчи ўйинида гол ура олмади. Кейинги ўйин МЮ билан  0 03:03Франция. ПСЖ осон ғалабага эришди  0 02:41А Серия. Сўнгги дақиқаларда пенальтидан гол ура олмаган "Ювентус" очко йўқотди  5 01:50Чемпионлик учун имкониятлар тугади: "Челси" бир қанча ёмон натижалар қайд этди  2 01:32Лиам Росеньор: "Челси" жуда осон голларни ўтказиб юборяпти"  3 01:00"Манчестер Юнайтед" Каземирога шартнома таклиф қилди, бироқ...  0 00:38Бундеслига. "Боруссия" Д суперкамбэк амалга оширди  0 00:23АПЛ. "Челси" осмонида қора булутлар: Росеньор жамоаси Ливерпулда йирик ҳисобда ютқазди  18 23:39Венсан Компани: "Рекордни янгилаймиз, деб ўйлайман. Лекин менга бу қизиқ эмас"  3 23:02Арне Слот: "Одамлар бизнинг қимматга футболчилар олиб келганимизни гапиришяпти"  6 22:35"Яйпан" дастлабки уй ўйинларини бошқа стадионда ўтказади  2 22:16"Сўғдиёна" бош мураббийи истеъфога чиқарилиши мумкин  10 22:11"Бавария" ўз рекордини янгилашга яқин  5 21:35Ўзбекистон терма жамоаси эртадан йиғинга киришади  12 21:34Бундеслига. "Бавария"да йирик ғалаба, "Байер" ғалабани қўлдан чиқарди  0

"Toshkentlik Modrich" bilan tanishamiz Yangiliklar

"Toshkentlik Modrich" bilan tanishamiz

2021 yil "CHig'atoy" stadionida 16 yoshgacha bo'lgan bolalar o'rtasida respublika chempionatini kuzatgandik.

O'sha erda "Odil Junior"ning sarg'ishdan kelgan hujumchisi etiborimni tortgan. Yonimda kimdir: "7-raqamni oyoqlari ham, og'zi ham tinmaskan", — degandi. Rostan ham jamoasi hujum qilayotganda tinmay bo'sh hududga ochilar, to'p yo'qotilishi bilan tinimsiz ravishda kimgadir etiroz bildirardi...

Bir oydan keyin Server Jeparov boshchiligidagi O'zbekiston U-15 terma jamoasi Dubayda BAA bilan o'ynadi. Arablar darvozasiga uchchala golimizni ham o'sha bola urdi. G'alaba qozondik...

2022 yilning 7 oktyabri. 17 yoshgacha bo'lgan o'smirlar o'rtasida o'tadigan Osiyo kubogi saralashining muhim o'yiniga "Jar" stadioni mezbonlik qilyapti. Raqib biz uchun har doim noqulay bo'lib kelgan Janubiy Koreya terma jamoasi. Hisobda ortdamiz. Uchrashuv tugashiga 10 daqiqa qolganda jarima zarbasi belgilandi. To'p yoniga yana o'sha bola keldi va xotirjamlik bilan Odil Ahmedov tomonidan Singapur, Xitoy va Ummon darvozasiga urilgan gollarning egizagini takrorladi. O'zbekiston Osiyo kubogiga boradi!

U 2006 yil Toshkent shahrida tug'ilgan ekan. Krishtianu Ronaldu sabab to'pga mehr qo'ygan bolakay 7 yoshida futbol sir-asrorlarini o'rganishni boshladi. Jarohat tufayli bir muddat tanaffus qilib, 2019 yilda Odil Ahmedov FA orqali yashil maydonga qaytdi (Dilshod Abdullaevning otasi sabab) va o'sha kundan beri hammasi yaxshi ketyapti. Dastlab, liderlik sifati va harakatchanligi tufayli maydon markaziga ko'chirilgan futbolchi bugungi kunda terma jamoamizning haqiqiy "motor"i hisoblanadi. Buni boshqalardan oldinroq payqagan "Lokomotiv" rahbariyati bir necha kun oldin 16 yoshli qahramonimiz bilan professional shartnoma imzoladi

Suratdagi bolakayni ko'pchilik bilmasa kerak. Eslab qoling: Lazizbek Mirzaev. May oyida uni butun Osiyo taniydi...

Muallif :
Reyting: +18   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика