So’nggi yangiliklar

20:17"Окленд" 1 млн долларни футболчилар ҳамда ходимлар ўртасида тақсимламоқчи  0 20:00Суперлига. "Хоразм" - "Андижон" 1:1 (матнли трансляция)  13 19:53"Ливерпуль" собиқ футболчиси Лаллана фаолиятини тугатиб, мураббийликка ўтди  0 19:30Шомуродов тавсияси билан Сурхондарё вилояти футбол академиясига спорт директори тайинланди  2 18:47Расман: Роналду "Ал Насср"да қолди!  10 18:37"Бухоро" мураббийи регламентни бузди, "Динамо" VAR машинаси турган жойда хавфсизликни таъминлай олмади, "Навбаҳор" ўйин давомида тўпларни яшириб қўйди — Лига комиссарлари билдиргиси  10 18:10Сиқилма меҳмондир танангда бу жон ҳам... Ўзбекистон кубогида нималар бўлмоқда?   10 17:50Расман: "Арсенал" ёш футболчиси билан шартномани узайтирди  0 17:35"Эшитдик-да"нинг инсайди тасдиқланди: Исмоилов "Нефтчи"да!  18 17:23"Футбол олами". Хайр, "Нефтчи". Хайр, ОКМК   0 17:05Суперлига. 14-тур дисквалификациялари: "Сўғдиёна", "Навбаҳор" ва "Сурхон"да йўқотишлар бор  1 16:42"Ницца" "Манчестер Сити" ҳимоячисини ижарага олди  0 16:20Расман: "Ливерпуль" ҳимоячи трансферини эълон қилди  6 16:07"Бухоро" Олмалиқда ОКМКни Ўзбекистон Кубогидан чиқариб юборган баҳсдан ГАЛЕРЕЯ  1 15:50Тошкентда аёл ҳакамлар учун ФИФА семинари бошланди  0

Toshkentga kim ortiqcha: "Lokomotiv"mi yo "Bunyodkor"? Yangiliklar

Toshkentga kim ortiqcha: "Lokomotiv"mi yo "Bunyodkor"?

O'FA vice-prezidenti Umid Ahmadjonovning "Futbol Ekspress" gazetasiga bergan intervyusi o'ziga yarasha shov-shuv bo'ldi.

Ayniqsa, u kishining "Superligaga Toshkentdan uchta jamoaning nima keragi bor?" deyishi ko'plab muhokamalarni keltirib chiqardi. Malumki, poytaxtdan uchta klub - "Paxtakor", "Lokomotiv" va "Bunyodkor" Superligada ishtirok etmoqda. "Paxtakor" va "Lokomotiv" chempionlik uchun kurashayotgan bo'lsa, "Bunyodkor" ham yuqori o'rinlar uchun davogarlik qilyapti.

"Paxtakor"ning bugungi kundagi salohiyati va homiysi kim ekanini inobatga olsak, Umid Ahmadjonov aytgan uchta jamoadan biri hech qanaqasiga "Paxtakor" bo'la olmaydi. Buyog'iga ikkita klub qolyapti: "Lokomotiv" va "Bunyodkor". "Lokomotiv" chempionlik uchun kurashayotgan jamoa va ikkinchi o'rinni qo'lga kiritgan taqdirda ham OCHL yo'llanmasini qo'lga kiritadi. Agar "Paxtakor" "oltin dubl" qayd etsa, uchinchi o'rinda bo'lish ham "temiryo'lchilar"ga yo'llanma beradi. Bunday paytda OFK oldidagi reytingimiz tushadi, agar "Lokomotiv" dabdurustdan yo'q bo'lib qolsa. Demak, bu o'rinda faqat "Bunyodkor" qolyapti. Bechora "qaldirg'ochlar", qanoti sinayotgan qaldirg'och.

Samarqand va Andijondan Superligada jamoa bo'lgani yaxshi. Lekin unda Surxondaryo, Xorazm, Qoraqalpog'istonni ham unutmaylik. Ular ham Vatanimiz sarhadlaridan o'rin olgan. Katta-katta shaharlarni ko'ramiz. Avvalo poytaxtda klublarda imkoniyat boshqa shaharlarga ko'ra ko'proq bo'ladi. O'z paytida "Traktor" jamoasida mablag' bo'lmasa-da, ko'pchilik futbolchilar bitta mavsum uchun bu jamoaga kelib ketardilar, sababi "Traktor" ular uchun tramplin vazifasini bajarib berardi. 

Xorij klublari ham asosan poytaxt klublarini kuzatib borishadi: bu selekciya uchun qulay. So'nggi yillarda poytaxt klublari - "Paxtakor", "Bunyodkor" va "Lokomotiv" safida 40 nafarga yaqin futbolchi xorijga borib keldi. Agar Toshkentdan tashqari boshqa jamoalarning hammasini yig'sangiz ham 10 kishi chiqmaydi. Demak, MTJ manfaati yo'lida poytaxt klublarining professional ishlashi har tomonlama foyda beradi. 

Muxlislarning kelmayotgani boshqa masala. Muxlis yaxshi futbolga keladi. Terma jamoa o'yiniga kelayapti-ku, OCHLda hech yo'g'i o'n ming muxlis bor. Zamon o'zgarar ekan, istemolchi oldida sifatli mahsulotni tanlash imkoni paydo bo'ladi. Kuni kecha Latviya safaridan qaytdim. U erda futbol basketbol va xokkeydan keyin uchinchi raqamli sport turi ekan. Latviyada ham, Litvada ham muxlislar deyarli stadionga kelmaydi, lekin federaciya qaysidir klubni ortiqcha deyayotgani yo'q. Aksincha, o'sha jamoalar futbolchi tarbiyalab sotishni maqsad qilgan. Latviya oliy ligasida katta maosh yo'q, birinchi ligani-ku gapirmasa ham bo'ladi. Faqat g'alaba uchun 30-60 evro atrofida mukofot puli olishadi.

O'zi shundoq ham "Mashal"ni sindirib bo'ldik. Mana, yoshlar va o'smirlar terma jamoamiz Osiyo chempionatiga chiqa olmayapti. Poytaxt akademiyasiga Muborak raqobat qilayotgandi. Bu yoqda "Nasaf" ham inqiroz ko'chasiga kirib qolgan. "Bunyodkor" bir yil ichida ikki futbolchini sotdi, "Paxtakor" ancha yillardan beri shu ish bilan shug'ullanib kelmoqda. Bu bosqichga chiqish osonmi? "Bunyodkor"ni yo'q qilish, bu xuddi nok daraxti endi hosil beray deganda payhon qilish bilan barobar. "Bunyodkor" shunday bosqichga etib kelishi uchun qancha mehnat qildi. 

Keling, hammasi qonun-qoida doirasida bo'lsin. Bugun "Bunyodkor" yoki "Lokomotiv"ni "yo'q qilish" bilan "Andijon" va "Dinamo" ertagayoq superklub bo'lib qolmaydi. Avval u jamoalarda tizim yaratish kerak. Klublar tepasiga futbolni tushunadigan mutaxssislarni qo'yish kerak. Akademiyasini qurishi kerak. Hozirgi sharoitda hech qanaqasiga hamma viloyatdan bittadan klub Superligada o'ynay olmaydi.

X.Xoliqov.

Reyting: +58   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика