Toshkentdagi turnir finaliga chiqqan o'yinchi Moskvaning CSKA klubiga o'tdi
11 fev 2017 14:47
Yangiliklar
Toshkentdagi turnir finaliga chiqqan o'yinchi Moskvaning CSKA klubiga o'tdi
Kiberfutbol bo'yicha Rossiyaning amaldagi chempioni Andrey Gurev ("Timon") futbol bo'yicha Rossiyaning amaldagi chempioni CSKA kiberfutbolchisiga aylandi.
Bu haqda Moskva klubining rasmiy sayti elon qildi.
Kiberfutbolchini tanishritirish marosimi bugun CSKA klub do'konida bo'lib o'tdi. Klub bosh direktori Roman Babaev Andreyga 7 raqami va Timon yozuvi tushirilgan CSKA futbolkasini topshirdi.
Rossiya chempioni futbolchisi Fyodor CHalov Timon bilan FIFA17da kuch sinashishdi.
Tanishtiruv marosimida Rainbo bilan hamkorlikda maxsus dizaynga ega PlayStation joystiklari namoyish etildi.
Eslatib o'tamiz, Andrey Gurev 2016 yil Toshkentda o'tkazilgan kiberfutbol bo'yicha MDH-2016 turnirida finalgacha etib borgan edi.
FIFA16 bo'yicha MDH Kubogi g'olib va sovrindorlari taqdirlandi
SHu bilan birga Gurev Louson Kubogida 10 000 evro egasiga aylangan.
Fikrlar