So’nggi yangiliklar

22:15МЮ нархи 60 млн. фунт бўлган ҳужумчини сотиб олиши мумкин  0 22:00Суперлига. ОКМК ўз майдонида "Сурхон"га енгилди  52 20:33"Реал" сардори жароҳатидан қутилди ва майдонга қайтишга тайёр  1 19:50"Реал" трансфер мақсадларининг биридан воз кечди  3 19:21"Ювентус" юлдуз ҳужумчиси учун бор-йўғи 20 млн сўрамоқда  5 18:44"Реал" Клублар ўртасидаги ЖЧдан кейин яна бир ҳимоячи билан шартнома имзолайди  3 18:18Лопетегининг сўровига биноан Ал Хайдос Қатар терма жамоасига чақирилди  7 17:45"Навбаҳор" футболчиси Беларусга йўл олмоқда  15 17:23Ўзбекистон Кубоги 1/8 финал босқичи ўйинларида ишловчи расмийлар билан танишинг  2 17:02"Динамо" ҳамда "Нефтчи" ўртасидаги қолдирилган баҳсга ҳакамлар тайинланди  4 16:41Қозоғистон футбол федерацияси президенти Ўзбекистон билан ўйин ҳақида баёнот берди  18 16:18Игорь Шквирин Европа клубига ўтиши нега барбод бўлганини айтиб берди  16 16:11"Бунёдкор" "Сўғдиёна"ни ранжитган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 15:38"Рома" "Борнмут" аъзосини харид қилмоқчи  0 15:12GiveMeSport дунёнинг энг яхши футболчилари рейтингини эълон қилди  5

Toshkentda Video yordamchi hakamlar tayyorlash bo'yicha ilk FIFA kurslari bo'lib o'tmoqda Yangiliklar

Toshkentda Video yordamchi hakamlar tayyorlash bo'yicha ilk FIFA kurslari bo'lib o'tmoqda

Xabaringiz bor, xalqaro tajribadan kelib chiqqan holda, futbol uchrashuvlari vaqtida adolat va shaffoflikni taminlash maqsadida O'zbekistonda VAR (Video Assistant Referee – video yordamchi hakam) tizimini joriy etish ko'zda tutilmoqda.

SHu maqsadda dastlab noyabr oyida Toshkentda VAR tizimini yo'lga qo'yish, ushbu tizimdan samarali foydalanish bo'yicha seminar o'tkazildi. FIFA va IFAB mutaxassislari mazkur zamonaviy tizimni yo'lga qo'yishda etibor qaratish lozim bo'ladigan jihatlar bo'yicha zarur ko'nikmalar taqdim etishdi.


Keyinroq esa O'zbekiston Liga kubogi-2019 final uchrashuvida O'zbekiston futboli tarixida ilk bor VAR tizimi offlayn tartibda sinovdan o'tkazildi. Bunda Belgiyaning EVS kompaniyasi mutaxassislari yurtimizga tashrif buyurib, VAR tizimini o'rnatishda va sinovdan o'tkazishda yaqindan ko'mak berishdi.


Qayd etish joiz, FIFA va IFAB tavsiyalariga muvofiq VAR tizimini yo'lga qo'yish uchun 9 oydan 12 oygacha vaqt talab etiladi va bu bir necha bosqichda amalga tatbiq etiladi. Yani, dastlab bu borada etarlicha tajribaga ega VAR provayderi bilan hamkorlik yo'lga qo'yiladi, ushbu tizim bo'yicha ishlaydigan mutaxassislar, videoperatorlar tayyorlanadi, stadionlar VAR tizimidan foydalanish uchun moslashtiriladi, VAR bo'yicha ishlovchi hakamlar malakasi oshiriladi. SHundan keyingina VAR tizimidan foydalanish mumkin bo'ladi.


O'zbekiston futbol associaciyasi ushbu yo'nalishda tizimli tarzda ish olib bormoqda. Jumladan, kecha poytaxtimizda Video yordamchi hakamlar tayyorlash bo'yicha ilk FIFA kurslari boshlandi. Mazkur kurs FIFA Forward dasturi doirasida o'tkazilmoqda.


60 nafar hakam hamda yordamchilar VAR tizimidan foydalanish bo'yicha tashkil etilayotgan ushbu kurslarda ishtirok etishmoqda. Mazkur kurslarga FIFA tomonidan yo'riqchi sifatida Farhod Abdullaev tayinlandi.


Hakamlar VAR tizimidan foydalanish bo'yicha ham amaliy, ham nazariy ko'nikmalarga ega bo'lishmoqda. Jumladan, VAR qaydnomasini to'ldirish, VAR simulyatorlarida ishlash, bahsli vaziyatlarni ko'rib chiqish va to'g'ri qaror chiqarish bo'yicha amaliy mashg'ulotlar o'tkazilmoqda.

Takidlash joiz, ushbu seminar 20 dekabrga qadar davom etadi. Rejaga ko'ra, Video yordamchi hakamlarni tayyorlash bo'yicha davomli tarzda tashkil etilishi belgilangan bunday FIFA kurslari 2020 yilda ham o'tkaziladi.  

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика