Toshkentda “UEFA Assist” dasturi doirasidagi kurslar boshlandi
10 noy 2021 10:53
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/667724_original.jpg)
![](/upload/storage/667724_220.jpg)
Toshkentda “UEFA Assist” dasturi doirasidagi kurslar boshlandi
O'zbekiston futbol associaciyasi tomonidan mamlakatimizda murabbiy, seleksioner (skaut), tahlilchi, hakam, marketolog, psixolog va futbol menejeri kabi yuqori malakali futbol mutaxassislarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish borasida qator tizimli ishlar amalga oshirib kelinmoqda.
Aynan ushbu yo'nalishlarda markaz tashkil etilib, xorijiy va mahalliy tajribali mutaxassislar yordamida o'zbek futbolining turli sohalarida faoliyat yuritadigan etuk kadrlarni tayyorlash maqsad qilingan.
8 noyabr kuni Toshkentda “UEFA Assist” dasturi doirasidagi kurslar boshlandi. Seminarni UEFA xalqaro instruktori, shveytsariyalik tajribali mutaxassis Rojer Mayxtri olib bormoqda. Artur Babadjanov koordinator sifatida ishlayapti. Darslarda barcha hududlardan texnik direktorlar va murabbiylar — jami 30 nafar qatnashchilar ishtirok etmoqda.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar