Toshkentda respublika toifasidagi hakamlar uchun seminar o'tkazilmoqda
25 fev 2015 15:05
Yangiliklar

Toshkentda respublika toifasidagi hakamlar uchun seminar o'tkazilmoqda
Toshkentdagi "Ramada" (sobiq "Turon Park") mehmonxonasida respublika toifasidagi hakamlar va hakamlarni tayyorlaydigan yo'riqchilar uchun FIFAning o'quv va malaka oshirish kurslari bo'lib o'tmoqda.
23 fevralda boshlangan xalqaro seminarda Saudiya Arabistonilik FIFA yo'riqchisi Ali Traifiy, o'zbekistonlik OFK yo'riqchisi Farhod Abdullaevlar nazariy va amaliy mashg'ulot olib bormoqda.
26 fevralgacha davom etadigan ushbu seminarda 25 nafar hakam va 5 nafar hakamlarni tayyorlash bo'yicha yo'riqchilar ishtirok etmoqda.
Seminarning so'nggi kuni, yani 26 fevral kuni Ali Traifiy va Farhod Abdullaevlar, shuningdek, OAV vakillari uchun ham uchrashib, ularga o'yin qoidalariga kiritilgan o'zgartirishlar bilan tanishtirib, bahs-munozarali vaziyatlarga baho berish, folni aniqlash bo'yicha videomateriallarni namoyish etadi.
OAV seminari 26 fevral kuni 16:00 da "Ramada" (sobiq "Turon Park") mehmonxonasida bo'lib o'tadi. Kirish erkin.

Fikrlar