Toshkentda "Pro" diplomi uchun xalqaro o'quv-kurslarining ikkinchi moduli boshlandi
05 dek 2018 12:29
Yangiliklar


Toshkentda "Pro" diplomi uchun xalqaro o'quv-kurslarining ikkinchi moduli boshlandi
Jumladan, shu yilning 12-22 noyabr kunlari Toshkentda "Pro" diplomi uchun o'quv kurslarining birinchi moduli o'tkazildi. Bugun poytaxtimizdagi "CHig'atoy" sport majmuasida mazkur xalqaro o'quv kurslarining ikkinchi moduliga start berildi.
O'quv kurslarida Abduraimov Jasur, Irismetov Jafar, Dadamatov Baxtiyor, Hasanov No'mon, Berdiev Ro'ziqul, Aktamov Hamidjon, Davletov Fevzi, Haydarov Bahromjon, Sakaev Ildar, Muminjonov Ilhom, Abdullaev Rustam, Fayziev Davronjon, Akramxo'jaev Rifat, Nazarov Yorqin, Baqoev Ulug'bek, SHerg'oziev Azam, Petrosyan Artyom, Klimenko Aleksandr, Qurbonov Muxtor kabi mashhur mutaxassislar ishtirok etishmoqda. SHuningdek, Tailandning "Suphanburi" jamoasi bosh murabbiyi Adebayo Gbadebo va Hindistonning "Goa" klubi yoshlar jamoasi bosh murabbiyi Klifford Mirandalar ham qatnashishmoqda.
O'quv kurslarini FIFA va UEFA instruktori Badr Ahmad olib boramoqda. Unga FIFA va OFK instruktori Islom Ahmedov yordam beryapti. "Pro" diplomi uchun xalqaro o'quv-kurslari 22 dekabrga qadar davom etadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar