So’nggi yangiliklar

23:03"Бир соат ичида бир оғиз ҳам гапирмади" – Хабиб Нурмагомедов Абдуқодир Ҳусанов билан учрашув ҳақида  4 22:32Ўзбекистон U-18 терма жамоаси машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  0 22:14Расман: Неъматуллоҳ Рустамжонов "Андижон" клуби аъзосига айланди  1 21:32Расман: Асилбек Алиев "Андижон" футболчисига айланди!  6 21:25"Ювентус" Кьезани "Ливерпул"дан қайтариши мумкин  0 21:05"Навбаҳор" клуби янги мавсум учун тайёргарликни давом эттирмоқда  1 21:00"Реал" 70 млн евролик хавбекка кўз тикди  1 20:37Ҳумоюнмирзо Иминов: "Мен рақобатга тайёрман"  2 20:15Гвардиола "Манчестер Сити" ҳимоячиларининг жароҳатлари билан боғлиқ вазиятни изоҳлади  10 19:51"Динамо" БААда ЦСКАга қарши майдонга тушади  4 19:34"Навбаҳор" машғулотлари Championat.asia объективида  4 19:172025 йил давомида Ўзбекистоннинг энг кўп нархи ошган футболчилари  8 18:55"Қизилқум"ни яна 2 нафар футболчи тарк этди  1 18:41Расман: Пўлатхўжа Холдорхонов энди "Андижон" футболчиси!  14 18:27"Манчестер Сити" яна бир ҳимоячисини йўқотди  19

Toshkentda "Oltin kuz" bolalar futbol festivali start oldi Yangiliklar

Toshkentda "Oltin kuz" bolalar futbol festivali start oldi

Xabar berib o'tganimizdek, bugun 2009-2010 yillarda tug'ilgan futbolchilar o'rtasida navbatdagi "Oltin kuz" futbol festivaliga start berildi.

Mazkur bolalar musobaqasi o'tgan yil ilk marta tashkil etilgan va bir qator quvonchli voqealarga boy bo'lgandi. Bu safar ikkinchi bor o'tkazilayotgan turnirda jami 20ta jamoa ishtirok etmoqda. 

SHuni aytish lozim, Toshkent shahar ixtisoslashtirilgan bolalar-o'smirlar sport maktabi zalida tashkil etilgan ushbu festivalda bugun birinchi kun uchrashuvlari bo'lib o'tdi. Kun davomida jami 10ta o'yin o'tkazildi. 

Musobaqada 2009 yilda tug'ilgan futbolchilardan iborat 12ta jamoa va 2010 yilda tug'ilgan futbolchilardan tashkil topgan 8ta jamoa ishtirok etyapti. Ayniqsa, 2010 yil tug'ilgan yosh futbolchilar uchun mazkur festival ularning faoliyatidagi ilk katta turnir deya olamiz. 


Endilikda bunday musobaqalar O'zbekiston futbol federaciyasi va Toshkent shahar futbol federaciyasining o'zaro hamkorligida tashkil qilinadi. "Oltin kuz" festivalining bosh homiysi "ChaCha" savdo belgisi bo'lib, bugun tashkilot vakillari musobaqaga tashrif buyurib uchrashuvning eng yaxshi futbolchilariga o'z sovg'alarini topshirishdi. 

Odatga ko'ra, ushbu musobaqa festival bo'lgani uchun jamoalarning ochkosi hisoblanmaydi, bundan ko'zlangan maqsad hech kimning xafa bo'lmasdan o'yin amaliyotiga ega bo'lishi va bolakaylarning futboldan rohat olishlarini taminlashdir. 


Quyida birinchi kun natijalarini keltirib o'tamiz. 

2009 yilda tavallud topganlar

“Junior Football” – “Spartak-2” 4:0

"Spartak" - “Nasaf” (Qarshi) 4:2

“Odil Junior” - “Nasaf-2” (Qarshi) 4:2

“Paxtakor” - “Qo'qon-1912” (Qo'qon) 4:2

"Metallurg" (Bekobod) - BO'SM-16 0:3 

“Mega Sport” – “Do'stlik“ (Marg'ilon) 3:1

2010 yilda tavallud topganlar 

"Lokomotiv-Boysun" - "Mega Sport" 2:1

"Bunyodkor" - "Qo'qon-1912" 3:2

"Istiqlol" - "Lokomotiv-A" 2:4 

"Lokomotiv-B" - IBO'SM 3:3

Ertaga ikkinchi kun uchrashuvlari bo'lib o'tadi. 






Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика