So’nggi yangiliklar

12:55ПСЖ йирик трансферга қўл уришга яқин  1 12:39Қирғизистон футзал терма жамоаси бош мураббийи: "Ўзимиз йўл қўйган хатоларимиз сабабли мағлуб бўлдик. Осиё кубогида Японияни мағлуб этганимиздан сўнг босимни ҳис қилдик"  0 12:17"Барселона" Уильямснинг товон пулини фаоллаштиришга тайёр  0 11:48Феликс "Бенфика"га қайтиши мумкин?!  0 11:20"Реал" ўйинчилари ва ходимлари Мбаппенинг ўзини тутишидан ҳайрон  2 10:51Карло Анчелотти «Реал»да Килиан Мбаппедан қайси чизиқда ўйнаши ҳақидаги саволга жавоб берди  2 10:21Ҳусниддин Нишонов: "Ҳозир фақатгина жисмоний ҳолатимиз ва ҳимоямизни яхшилаш ҳақида ўйламоқдамиз"  1 10:16Нишоновнинг бенефисига айланган Ўзбекистон - Қирғиз Республикаси баҳсидан ГАЛЕРЕЯ  0 09:55«Зенит» тарбияланувчиси «Қизилқум» кўригидан ўтмоқда  0 09:28«Ланс» «Челси»дан марказий ҳимоячи олиб келмоқда  3 09:00ТОП-10 да фақат «Бавария» футболчилари. Бундеслигада энг кўп ҳақ олувчи футболчилар маълум  1 08:33«Қўқон-1912» сафига жорий мавсумни «Сурхон» ва «Динамо»да бошлаган футболчилар келиб қўшилди  2 08:10Хосе Венансио Лопес: "Ҳали ҳамон хатоларга йўл қўймоқдамиз. Жаҳон чемпионатига қадар ушбу вазиятни тўғирлашимиз керак"  2 07:40Аҳрол Рисқуллаев узоқ муддатли танаффусдан сўнг майдонга қайтди  3 01:41Паоло Мальдини: "Роналду – топ ўйинчи ва кучли шахсият, аммо мен Мессини афзал кўраман"  40

Toshkentda "bo'rilar"ga hech qachon yutqazmagan "qaldirg'ochlar" parvozga tayyormi? Yangiliklar

Toshkentda "bo'rilar"ga hech qachon yutqazmagan "qaldirg'ochlar" parvozga tayyormi?

Superliga birinchi turining navbatdagi kundan o'rin olgan bahslari bugun davom ettiriladi.

 Toshkentning "Bunyodkor" jamoasi "Lokomotiv" stadionida "So'g'diyona"ni qabul qiladi. Qishki transferlar oynasida katta yo'qotishlarga uchragan "qaldirg'ochlar" qayta parvozga tayyormi? Quyida shu haqida batafsil so'z boradi.

Bunyodkor

Superliga. 1-tur

03/03/2022, 18:30

0
:
0
Tugadi

So'g'diyona

45'
90'
30'  Avazbek O'lmasaliev
33'  Mahmud Mahamadzhonov
82'  Rasul Yo'ldoshev (Umidbek Sultonov)
46'  Bobur Farhodov (Ayubxon Nomanov)
57'  Jasur Hasanov O (Marat Bikmayev)

Tayyorgarlik va tarkibdagi o'zgarishlar 

SHuhrat Maqsudov shogirdlari yangi mavsumga tayyorgarlikning dastlabki qismini o'z qarorgohida olib bordi. Bunda ko'proq jismoniy tomondan tiklanishga, tarkibni shakllantirishga etibor qaratildi. 5-20 fevral oralig'ida Turkiyaning Antaliya shahrida mashg'ulotlar davom ettirildi. Unda "Ruh", "Alashkert", "Zarya" singari kuchli raqiblar bilan o'yinlarda futbolchilar sinovdan o'tkazildi, desak mubolag'a bo'lmaydi. 

Jamoani tark etgan futbolchilar: Lutfulla To'raev, Ravshan Yagudin, Xurshid G'iyosov, Abdulla Abdullaev, Mirjahon Mirahmadov, Nurillo To'xtasinov 

Yangi qo'shilganlar: Dmitrie Pobulich, Francis Narx, Dilshod Jo'raev, Usmonali Ismonaliev, Suhrob Sultonov, Sardor Xursandov, Husayn Ergashboev 

O'rtoqlik uchrashuvlaridagi natijalar 

"Qo'qon-1912" 1:0

"Qizilqum" 0:1

"Neftgazmontaj" 2:0

"Lokomotiv" 0:1 

"Ruh" 0:2

"Zarya" 1:2

"Volgar" 2:2

"Maqtaaral" 1:2

"Alashkert" 1:1

Zayavka  

"Bunyodkor" atrofida ko'pchilikni o'ylantirayotgan jihat bu - tarkib. Garchi jamoani etakchilar tark etganiga qaramay ularning o'rnini munosib to'ldirishga harakat qildi. Qolaversa klub o'z akademiyasiga tayangan holda o'tgan mavsum o'rinbosarlar jamoasida to'p tepgan bir qancha yosh futbolchilar asosiy tarkibga jalb qilindi. Legionerlardan hujumkor yarim himoyachi xorvatiyalik Dmitrie Pobulich, ganalik sof hujumchi Francis Narx taklif etildi. Quyida jamoaning yangi mavsum oldidan to'liq zayavkasi bilan tanishing.


SHuhrat Maqsudov ("Bunyodkor" bosh murabbiyi): - To'g'ri hozir bir qadam orqaga tashlayotgandirmiz, ammo vaqti kelib ikki qadam oldinga yuramiz. Turkiyada xorijiy yig'in o'tkazdik, yoshlarimizning ko'zida xohishni ko'rdim, akademiyamizdagi sharoitlar barcha havas qiladigan darajada. Faqat yoshlarda tajriba etishmayapti, bu tabiiy holat. Tajriba o'yinlar orqali keladi. "Bunyodkor"ning kelajagi ishonchli qo'llarda. Yoshlarga etibor qilayotganimizni akademiyamizda hozir tahsil olayotgan yosh bolalar ham ko'rishmoqda va ular ham kelajakda asosiy tarkibga kirishga urinishadi. Biz yolg'iz emasmiz, futbolchilarimiz mana shu muxlislarimiz uchun chiroyli o'yinlar namoyish etishga harakat qilishadi. Muxlislardan bitta iltimos, har qanday natija qayd etilsa ham jamoani qo'llab quvvatlab turasizlar deb umid qilaman 

Davronjon Ergashev ("Bunyodkor"ning yangi sardori): - Xudo xohlasa jamoamiz 99 foizga tayyor. Har bir o'yinda faqat g'alaba uchun chiqamiz. Bizga qarshi o'ynaydigan jamoalarga oson bo'ladi deyishmoqda, ishontirib aytaman unday bo'lmaydi. "Bunyodkor" doim sovrinli o'rinlar uchun kurashadi.


"So'g'diyona" bu safar ham quruq qo'l bilan qaytadimi?

Jamoalar shu kungacha Superligada o'zaro 24 marotaba to'qnash kelishgan. Ularning 16tasida poytaxt klubining qo'li baland kelgan bo'lsa, 2ta o'yinda Ulug'bek Baqoev shogirdlari g'alabani tantana qilgan. 6ta bahsda tomonlar murosa ko'chasini tanlashgan.  To'plar nisbati 51-15, "Bunyodkor" foydasiga. Qiziq malumot, "So'g'diyona" shu kungacha Toshkentdan uch ochko bilan qaytishni uddasidan chiqa olmagan. Yuqorida keltirilgan 2ta g'alabani o'z maydonida qo'lga kiritgan(2015, 2019) deya olamiz. O'tgan mavsum Toshkentdagi o'yinda 2:2 hisobidagi jangovar durang qayd etilgan. 


8 aprel, payshanba

BUNYODKOR – SO'G'DIYONA - 2:2

Gollar: Norxonov 17, To'xtasinov 42, Nomanov 44, G'iyosov 45+5.

Hakamlar: Ilgiz Tantashev, Andrey Capenko, Timur Gaynulin, Alisher To'xtasinov

Nazoratchi: Igor Nexochin

VAR hakami: Elyor Tursunov

VAR assistentlari: Jahongir Saidov, Alisher Usmonov

VAR nazoratchisi: Farhod Abdullaev

Operator: SHerali Janaliev

Texnik mutaxassis: Otabek Sodiqov

Komissar: Sardor Qudratullaev

"Bunyodkor": 1.Ravshan Yagudin, 4.Davronjon Ergashev, 8.Sanjar Rashidov (9.Farrux Ikromov 66), 10.Xurshid G'iyosov, 13.Lutfulla To'raev, 14.Mirjahon Mirahmadov, 17.Odiljon Abdurahmonov (22.SHahboz Erkinov 82), 19.Nurillo To'xtasinov, 30.Abdulla Abdullaev, 34.Suhrob Izzatov (11.Rasul Yo'ldoshev, 46), 37.Muhammadodil Qahramonov.

Zaxira: 71.Sarvar Karimov, 6.Avazbek O'lmasaliev, 7.Sunnatilla Abdullajonov, 35.Ibrohim Ibragimov.

"So'g'diyona": 1.SHirinboy Abdullaev, 4.Elyor Oripov, 5.Ayubxon Nomanov, 6.Iskandar SHaykulov (8.Jamshid Boltaboev 51), 7.Arslanmirat Amanov 77.Sahob Rashidov 51), 10.SHohruz Norxonov (17.SHahboz Jo'rabekov 88), 11.Jasur Hasanov, 28.Ergash Ismoilov, 31.Luke CHermel, 63.Asiljon Begimqulov, 93.Marko Kolakovich.

Zaxira: 37.Alisher Pirmatov, 2.Sardor Qulmatov, 9.Oybek Nurmatov, 20.Bahodir Nasimov. 


Bunyodkor

Nurillo To'xtasinov - 42', Xurshid G’iyosov - 45'

Superliga. 5-tur

08/04/2021, 18:30

2
:
2
Tugadi

So'g'diyona

Shohruz Norxonov - 17', Ayubxon Nomanov - 44'

45'
90'
42'  Nurillo To'xtasinov
45'  Xurshid G’iyosov
46'  Suhrob Izzatov (Rasul Yo'ldoshev)
66'  Sanjar Rashidov (Farrux Ikromov)
82'  Odiljon Abdurahmonov (Shahboz Erkinov)
90'  Davronzhon Ergashev
17'  Shohruz Norxonov
17'  Jasur Hasanov O
44'  Ayubxon Nomanov
49'  Asil Begimqulov
51'  Arslanmirat Amanov (Sahob Rashidov)
51'  Iskandar SHaykulov (Jamshid Boltaboev)
62'  Shohruz Norxonov
74'  Elyor Orifov
88'  Shohruz Norxonov (SHahboz Jo'rabekov)






Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика