Toshkentda AKFA homiyligida yangi musobaqa start oldi
24 avg 2023 01:44
Yangiliklar
Toshkentda AKFA homiyligida yangi musobaqa start oldi
Bir necha yildan beri bolalar o'rtasida turli futbol turnirlarini o'tkazib kelayotgan "Kelajak Yulduzlari Company" bu safar mashhur kompaniya AKFA Group homiyligi ostida "Mustaqillik Kubogi-2023"ni yo'lga qo'ydi.
Musobaqa shiori - AKFA bilan yanada ko'p yulduzlar!
2010 yilda tug'ilgan futbolchilar ishtirokidagi mazkur musobaqada 8ta jamoa qatnashyapti va jamoalar to'rttadan ikki guruhga bo'lingan. Turnirda nafaqat Toshkent, balki olis Surxondaryo, shuningdek Andijondan ham bolalar futbol jamoalari ishtirok etmoqda.
Birinchi kunda quyidagi natijalar qayd etildi:
Guruh bosqichi. 1-tur, 23-avgust. "Central Asian University" (AKFA universiteti) stadioni
"Lokomotiv" – "Bunyodkor" 1:2
Gollar: SHukurov Abdulaziz - Dulanboev Elshodbek, Axmatillaev Mustafo.



Toshkent FA – "Lider Best" 0:1
Gol: Ubaydullaev SHohruh



Andijon FA – Termiz IBO'SM 1:0
Gol: Abduhalimjonov Temurbek



"Paxtakor" – "SHo'rchi" FM 2:0
Gollar: Bo'riboev Yunus, Ahmadjonov Mohir.



24 avgust kuni 2-tur uchrashuvlari bo'lib o'tadi.
16:00. "Bunyodkor" – Andijon FA
17:00. "Paxtakor" – Toshkent FA
18:00. "Lokomotiv" –Termiz IBO'SM
19:00. "SHo'rchi" FM – "Lider Best"
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Осасуна" ўз майдонида "Реал Мадрид"ни мағлуб этди
Ла Лига. "Барселона" ўз майдонида йирик ғалабага эришди ва жадвалда биринчи ўринга чиқиб олди
Туркия Суперлигаси. "Истанбул Башакшехир" меҳмонда "Аланяспор"ни мағлуб этди, Шомуродов ғалаба голини урди
"Реал" Винисиусга нисбатан ирқчилик ҳақоратлари иши бўйича УЕФАга далилларни топширди
Fikrlar