So’nggi yangiliklar

20:26"Сурхон" — "Қизилқум". Таркиблар маълум  0 20:05Суперлига. "Андижон" — "Қўқон-1912" 1:0 (матнли трансляция)  10 19:53Суперлига. "Шўртан" - "Хоразм" 1:0 (матнли трансляция)  2 19:46МЮ Хейлундни 30 млн фунтга сотишга тайёр  1 18:40Моуринью "Реал" футболчисини нишонга олди  0 17:37Дарвозаларга 4 та гол урилган, футбол шоуга айланган, "Динамо" ғалабани бой берган учрашувдан галерея  0 17:10Икки клуби "Ман Сити" хавбекига кўз тиккан  0 16:44Азизбек Тўлқинбеков: "Нефтчи" кучли эди, лекин бизда ирода ва иштиёқ устунлик қилди"  0 16:21"Арсенал" Жакени ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 15:55Амир Тўрақулов: "Жамоа бўлиб ҳаракат қилдик ва шу туфайли ғалабага эриша олдик"  0 15:12"Бунёдкор" "Нефтчи"ни Фарғонада мағлуб этган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  2 14:32"Реал" испаниялик ярим ҳимоячисини 10 миллионга сотишга қарор қилди  0 14:01Сульшер "Бешиктош"дан кетган тақдирда, унинг ўрнига ким келиши мумкинлиги маълум  1 13:36Муҳим голлар панорамаси: Сардор Абдунабиев яна "Нефтчи"ни жазолади  3 13:03"Лос-Анжелес" Сонга йилига 20 млн доллар таклиф қилди. МЛСда фақат Месси кўпроқ маош олади - 20,45 млн  1

Toshkent shahar FA masul kotibi Turkiyaning futbol "poytaxti" bilan yaqindan tanishyapti Yangiliklar

Toshkent shahar FA masul kotibi Turkiyaning futbol "poytaxti" bilan yaqindan tanishyapti

Toshkent shahar futbol Associaciyasi bosh kotibi Nodirxo'ja Yuldashev ayni paytda Turkiyaning Istanbul shahrida bo'lib turibdi.

Xo'sh, Istanbulga tashrifdan asosiy maqsad nima? Turkiyadagi akademiyalar faoliyati qanday? SHu va boshqa savollarga javob olish maqsadida Nodirxo'ja Yuldashev bilan bog'landik. 

"Istanbulga kelishimga bir nechta sabablar bor edi. Birinchidan, Turkiyaning eng kuchli klublari aynan shu shaharda joylashgan. Ikkinchidan, 2020 yilda Odil Ahmedov akademiyasi tarbiyalanuvchisi Jafar To'xtaboev "Fenerbaxche" akademiyasi ko'rigida bo'lib, klubga qabul qilingan edi. SHu bolamizning hozirgi holati bilan tanishish, Istanbul Futbol Federaciyasi faoliyati haqida malumot to'plash, klublar bilan muzokara o'tkazish, turk klublarini O'zbekistondagi bolalar o'rtasidagi "Navro'z", "Mustaqillik Kubogi" kabi musobaqalarga taklif qilish, o'zbekistonlik murabbiylarni Turkiyadagi kuchli klublarga malaka oshirishga yuborishni kelishib olish kabi masalalarni muhokama qildik. 

Ochig'ini aytaman, turklar qardosh yurt sifatida bizni juda yaxshi kutib olishdi va barcha sharoitlarni yaratib berishdi. Kuni kecha "Fenerbaxche" klubi akademiyasi menejeri Kemal Aslan yordamida akademiyadagi sharoitlar bilan tanishdim. U o'zbekistonlik futbolchilar Turkiyada ko'proq o'ynashsa yaxshi bo'lishini takidladi. Sababi bizning yurtlar qardosh xalq, mentaliteti juda yaqin va ota-bobolarimiz o'rtasida bog'liqliklar bor. 

"Fenerbaxche" akademiyasidagi sharoitlar quyidagicha ekan: 

6-11 yoshgacha bolalar boshqa maydonda to'p tepishadi. 2 ta suniy stadion bor. Biri 60x90 (taxminan), ikkinchisi 60x40. Ikkinchisi, asosan, darvozabonlar uchun ishlaydi. SHuningdek, individual mashqlarga asqatadi. Individual mashqlar bizda bo'lgani kabi 10 kishiga emas, 1 kishiga o'tiladi va bitta dars $50 gacha. 

Turkiya 8 ta ligadan iborat birinchilikka ega ekan. Dastalbki 4 tasi professional. Biz bilgan "Fenerbaxche", "Galatasaroy", "Beshiktosh" eng yuqorisida. 5, 6, 7 va 8-ligalarda esa havaskorlar. Ammo Siz ochgan jamoa Superligaga chiqishi uchun kamida 7 yil vaqt ketadi, sekin-asta har bir ligada g'alaba qozonib, yuqorilaydi.

Turkiyada juda zo'r tizim mavjud ekan: Bu Istanbul shahrining, 39 ta tumanlaridan biri - Fotih (rayon). 39 ta tuman hokimiyati o'z fuqarolari uchun sport komplekslarini ushlab turgan holda, mahalliy klublarga bepul foydalanish uchun beradi. "Fotih Karagyumryuk" (ayni paytda Superligada 11-o'rinda) jamoasining  akademiyasi uchun maydoni yo'q. Lekin bu klub uchun muammo emas. Ular tuman hokimi yaratgan sharoitdan bepul foydalanishadi. Ulardan tashqari tumandagi qolgan jamoalar, 1-liga, 2-liga va BO'SMlar ham – bariga bepul", – deydi Nodirxo'ja Yuldashev.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика