So’nggi yangiliklar

11:58​"Пахтакор" Риаскос, Абдихолиқов ва яна 4 нафар футболчи билан хайрлашганини маълум қилди  2 11:35"Навбаҳор"га РПЛда ўйнаётган ҳимоячи келмоқда  8 11:08Расман: Дмитрий Плетнёв — "Бунёдкор" футболчиси!  2 10:44"Навбаҳор" футболчиси "Қўқон-1912" ўтиши мумкин  0 10:18Санжар Қувватов: "Пахтакор"дан таклиф тушганида ўйлаб ҳам ўтирмадим"  5 09:52“Андижон” Анталияда 10 та ўртоқлик учрашувида қатнашади  7 09:25"Истанбул Башакшеҳир" футболчиси Шомуродов ва Файзуллаевнинг ўйинига юқори баҳо берди  5 08:58Шерзод Насруллаев: "Совринларим сонини кўпайтириш учун "Пахтакор"га келдим. Роналдуга қарши ўйнаш орзум бор эди"  11 08:30Sofascore. Гвардиола мақтаган Ҳусанов кечаги учрашувда неча баҳога лойиқ кўрилди?  2 08:04Камолиддин Тожиев: "Алижоновни қолди десак бўлади. Иккита ҳужумчи олсак..."  3 07:32Гвардиола кечаги ўйиндан сўнг Ҳусанов ҳақида фикр билдирди  10 03:44А Серия. "Интер" "Парма"ни енгди. "Наполи" эса очко йўқотди  1 03:15АПЛ. "Манчестер Юнайтед" "Бёрнли" билан дуранг ўйнади, "Ньюкасл" "Лидс"ни мағлубиятга учратди  11 02:30АПЛ. Кукурелья четлатилган ўйинда "Челси" "Фулхэм"га ютқазди. Семеньо "Борнмут" сафидаги сўнгги учрашувида қаҳрамонга айланди  1 02:25АПЛ. "Манчестер Сити" "Брайтон" билан ўйинда яна очко йўқотди. Ҳусанов тўлиқ ўйнади  30

Toshkent Hokim kubogi musobaqalarining barcha g'olib va sovrindorlari aniqlandi Yangiliklar

Toshkent Hokim kubogi musobaqalarining barcha g'olib va sovrindorlari aniqlandi

Teglar :  Hokim kubogi
Bugun “Hokim kubogi” sport musobaqalarining g'olib va sovrindorlarini taqdirlash marosimi bo'lib o'tishi haqida xabar qilgandik.

Milliy Olimpiya qo'mitasi tashabbusi bilan o'tkazilayotgan musobaqa uch hil sport turi – mini-futbol, voleybol va stol tennisi bo'yicha tashkil etildi.

Bugun, 15 may kuni O'zbekiston futbol associaciyasiga qarashli suniy qoplamali maydonda «Hokim kubogi»ning hal qiluvchi final o'yini bo'lib o'tdi. Unda Toshkent shahar prokuraturasi hamda «Toshshaharbozorsavdo» uyushmasi jamoalari o'zaro hisob-kitob qilib olishdi.

Keskin va murosasiz kechgan bahsning asosiy vaqtida 2:2 hisobidagi jangovar durang qayd etildi. Qo'shib berilgan vaqtlarda ham kuchlar teng keldi. SHundan so'ng g'olib penaltilar seriyasida aniqlandi. Unda «Toshshaxarbozorsavdo» uyushmasi jamoasi 2:1 hisobida g'alaba qozondi va musobaqa g'olibiga aylandi.

Bahs yakuniga etgach, stol tennisi, voleybol va mini-futbol bo'yicha bellashuvlarda muvaffaqiyatli ishtirok etgan jamoalarni taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi.

Unda Toshkent shahar hokimi o'rinbosari SHuhrat Bakiev ham qatnashdi. Tadbir davomida ishtirokchilarga maxsus diplom, kubok va sovg'alar taqdim etildi.

Marosim davomida sport faxriysi, O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan yoshlar murabbiyi Axbor Imomxo'jaev so'zga chiqib, bellashuvlar qiziqarli kechganini, sport bilan muntazam shug'ullanish lozimligini alohida qayd etib o'tdi. G'olib va sovrindorlarni ushbu muvaffaqiyat bilan tabriklab, kelgusi faoliyatida omadlar tiladi.


Uch hil sport turi bo'yicha o'tkazilgan «Hokim kubogi» bahslarida g'olib va sovrindorlar ro'yxati quyidagicha ko'rinish oldi:

Mini-futbol:

1-o'rin: “Toshshaharbozorsavdo” uyushmasi
2-o'rin: Toshkent shahar prokuraturasi
3-o'rin: “Suvsoz” DUK

Voleybol:

1-o'rin: Toshkent shahar Manaviyat va marifat boshqarmasi
2-o'rin: Toshkent shahar Xalq talimi bosh boshqarmasi
3-o'rin: Davlat raqobat qo'mitasining Toshkent shahar boshqarmasi

Stol tennisi:

1-o'rin: “Toshshaharbozorsavdo” uyushmasi
2-o'rin: Toshkent shahar Xalq talimi bosh boshqarmasi
3-o'rin: Toshkent shahar telefon tarmoqlari unitar korxonasi

 

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика