So’nggi yangiliklar

02:20Хейлунд МЮдан кетганидан қаттиқ ҳафа бўлган. Ҳужумчи ўзини Шешкодан яхшироқ деб ҳисоблаганди  0 01:50УЕФА "Барселона"га EЧЛ лига босқичи давомида "Камп Ноу"га қайтишига рухсат беради. Регламентда бу тақиқланганди  0 01:35Диёр Холматов: "Янги либосларнинг сифатига гап йўқ"  7 01:15Расман: Гюндоган "Ман Сити"дан "Галатасарой"га ўтди. Трансфер турк клубига текинга тушди  0 00:52Русланбек Жиянов: "Курашларга бой ўйинда ғалаба қозондик"  0 00:38Карлуш Кейруш: "Мен футболчиларимни охиригача ўйнашга мажбурлайман"  8 00:03Ровшан Мередов: "Анча ишончли ўйин ўтказдик"  6 23:25Расман: ОЧЛ 2 арафасида "Андижон"ни легионер футболчилардан бири тарк этди  11 23:17Тимур Кападзе: "Мухлислар нега кам? Ушбу саволга биз ҳам жавоб қидиряпмиз. Легионерлар кейинги учрашувга тайёр бўлади"  36 23:03Равшан Ҳайдаров U-23 Осиё кубоги саралаши ҳақида: "Жамоамиз турнирга белгиланган режа асосида пухта тайёргарлик кўрди"  2 22:08Игорь Сергеев миллий жамоа тарихидаги тўпурарлар орасида олтинчи ўринга кўтарилиб олди  13 21:40CAFA Nations Cup. Туркманистон – Ўзбекистон 1:2  27 21:30CAFA Nations Cup. Бир киши кам бўлиб қолган Ўзбекистон Туркманистонни кичик ҳисобда мағлуб этди  273 20:55Қирғизистон бош мураббийи: "Ғалабамизни ўғирлашди"  7 20:33Топ лигалардан клуб топа олмаган Лукман Туркияга йўл олиши мумкин  1

Toshkent futboli. "Yulduzlar Ligasi"da bahorgi chempionat o'z yakuniga etdi Yangiliklar

Toshkent futboli. "Yulduzlar Ligasi"da bahorgi chempionat o'z yakuniga etdi

Toshkenti shahar futbol federaciyasi tomonidan tashkil qilingan to'rtta yosh toifasidagi "Yulduzlar Ligasi" bahorgi chempionat musobaqasi o'z yakuniga etdi.

Malumot uchun, bu yilgi musobaqada har bir yosh toifasida (2002, 2003, 2004, 2005 yillar) oltitadan jamoa (jami 24ta) ishtirok etishdi. 2002 va 2003 yilda tug'ilganlar o'z o'yinlarini "Bunyodkor" stadioni hududidagi maydonda o'tkazgan bo'lsa, 2004 yilgilar "CHilonzor" stadionida, 2005 yilda tug'ilgan futbolchilar ROZSK maydonida o'tkazishdi.

Bahorgi chempionat yakunlariga ko'ra, 2002 yilda tavallud topgan futbolchilar orasida "Paxtakor" tarbiyalanuvchilari chempionlikni qo'lga kiritishdi.

2003 yillar orasida ham "Paxtakor" yaqqol etakchi bo'ldi. Qizig'i, 2004 yilda tug'ilganlar chempionatida ham "Paxtakor"ga teng keladigani topilmadi. "Paxtakor"-2003 bilan "Paxtakor"-2004 yakunda bir xil 30 ochkodan jamg'arishdi. Va nihoyat 2005 yilda tug'ilganlar orasida BO'SM-16 tarbiyalanuvchilari peshqadamlikni qo'lga kiritishdi.

"Yulduzlar Ligasi" bahorgi chempionat yakunlari:

2002 y.
1-o'rin. "Paxtakor"
2-o'rin. "Lokomotiv"
3-o'rin. "Bunyodkor"-A

2003 y.
1-o'rin. 
"Paxtakor"
2-o'rin. "Bunyodkor"-A
3-o'rin. "Paxtakor"-2

2004 y.
1-o'rin. 
"Paxtakor"
2-o'rin. "Bunyodkor"-A
3-o'rin. RKOR

2005 y.
1-o'rin. 
BO'SM-16
2-o'rin. "Spartak"
3-o'rin. "Paxtakor"

Yakuniy turnir jadvallari bilan quyidagi LINK orqali tanishishingiz mumkin.

SHu o'rinda savol tug'ilishi mumkin, endi nima bo'ladi? Aytib o'tganimizdek, asosiy jamoalar uchun bahorgi chempionat tugadi. Lekin hamon mana shu to'rtta yosh toifasida kuzgi o'yinlarga o'tish bahslari bo'lib o'tmoqda va birinchilik o'yinlari iyulga qadar davom etadi. Ungacha esa iyun oyida bahorgi chempionat sovrindorlarini taqdirlash ko'zda tutilgan.

Birinchilik o'yinlari yakuniga etganidan so'ng har bir yosh toifasidagi guruhdan oltitadan jamoa kuz-bahor musobaqasida ishtirok etish imkoniga ega bo'ladi. Malumot uchun, keyingi o'yinlar kuzda start olib, 2019 yilning bahorida o'z yakuniga etadi.

Birinchilik o'yinlarida ishtirok etayotgan jamoalar:

2002 y. 10ta jamoa (6tasi keyingi bosqichga chiqadi)
Jamoalar: BO'SM-16, "Oq-tepa", "CHig'atoy", "Sergeli", "Toshkent Siti", "Start", "Spartak", "Traktor", "Lokomotiv"-2, "CHilonzor".

2003 y. 8ta jamoa (6tasi keyingi bosqichga chiqadi)
Jamoalar: 
BO'SM-16, "CHig'atoy", "Lokomotiv", GFSSHI-2, "Traktor", "Sergeli", "Spartak"-2, "Bunyodkor"-S.

2004 y. 10ta jamoa (6tasi keyingi bosqichga chiqadi)
Jamoalar: 
"Bunyodkor"-B, GFSSHI-2, "Sergeli", "Traktor", "Spartak"-2, "CHig'atoy", "Bunyodkor"-S, "Oq-tepa", "Navro'z", "Kamolon".

2005 y. 8ta jamoa (6tasi keyingi bosqichga chiqadi)
Jamoalar: 
"Spartak"-2, "CHig'atoy", "Bunyodkor"-B, "Traktor", "Sergeli", BO'SM-16, "Bunyodkor"-S, "Oq-tepa".

Birinchilik o'yinlarining turnir jadvallari bilan quyidagi LINK orqali tanishishingiz mumkin.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика